Xitoylik milliarder va Alibaba asosçisi Jyek Ma Xitoy Kommunistik partiyasi a'zosi. Bu haqda kompartiyaning «Jenmin jibao» rasmiy gazetasi xabar berdi. Uning partiyaga aynan qaçon kirganiga aniqlik kiritilmagan, deb yozmoqda «Vedomosti».

Naşr islohotlar va oçiqlik - hukmron partiya iqtisodiy islohotlar dasturiga katta hissa qöşgan 100 kişidan iborat röyxatni e'lon qildi. Unda ta'kidlanişiça, Ma Xitoy kompartiyasiga a'zodir.

«Uning rahbarligida Alibaba Group bozordagi qiymati böyiça jahondagi eng katta önta kompaniyadan biriga aylandi va Xitoyni elektron tijorat, internet-moliya hamda bulutli hisoblaş sohasida dunyodagi yetakçi öyinçiga aylantirdi», - deya ta'kidlaydi «Jenmin jibao».

Siyosiy qaraşlar kompaniyada biznes qarorlarni qabul qiliş jarayoniga ta'sir qilmaydi, deya aytib ötgan Alibaba matbuot kotibi Reuters söroviga.