26 noyabrda Marsga qöngan InSight tadqiqot qurilmasi Qizil sayyoradan ikkinçi suratni yubordi. Bu haqda NASA axborot agentligi ma'lum qildi.
“InSight qurilmasining qölidagi kamera qurilma Qizil sayyoraga qöngan kunidayoq Mars sirtining suratini oldi”, deyilgan xabarda.
NASA’ning ma'lum qilişiça, surat Yerga hozirda Mars atrofida orbita böyiça harakatlanayotgan Odyssey qurilmasi yordamida yuborilgan.
Avvalroq qurilma Marsga qönişi bilan u yerdan ilk suratni jönatgandi. Biroq surat qurilmaning çanglangan oynasi sababli unça sifatli çiqmagan.
Avtomatik boşqariluvçi InSight qurilmasi Mars tomon 5 may kuni uçirilgan va uzoq davom etgan parvozdan keyin 26 noyabrda Qizil sayyoraga qöndi. Qurilma 2 yil davomida sayyoraning içki tuzilişi va tarkibini örganiş bilan şuğullanadi.












