Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini olib qöyişning aniq mezonlari belgilandi. 

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga köra, yerlar endilikda quyidagi maqsadlarda olib qöyilişi mumkin: 

mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni taşkil qiliş va ularning faoliyat yuritişi uçun yerlarni taqdim etiş;

xalqaro şartnomalardagi majburiyatlarni bajariş;

foydali qazilmalar konlarini aniqlaş va qazib çiqariş;

avtomobil va temir yöllari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obektlari va aviatexnika markazlari, temir yöl transporti obektlari, köpriklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obektlari va elektr uzatiş tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quriş (rekonstruksiya qiliş); 

aholi punktlari boş rejalarini Davlat byudjyeti mablağlari hisobidan obektlar quriş qismida ijro etiş hollarida.

Qarorga köra, endilikda yerlar olib qöyilganda, u yerdagi binolarni buzişdan oldin mulkdorga yetkazilgan zarar töliq qoplanişi lozim. Faqatgina şundan keyin binoni buziş mumkin böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq qator korxonalar uçun soddalaştirilgan yagona yer soliği stavkasi joriy etilişi xabar berilgandi.