Gruziyada bölib ötgan prezident saylovida Salome Zurabişvili 59%dan ortiq ovoz olib ğalaba qozondi va Gruziya tarixidagi ilk saylangan ayol prezidentga aylandi. Gruziyaning yangi prezidenti haqida nimalar ma'lum?
Salome Levanovna Zurabişvili 1952 yil 18 martda Fransiyaning Parij şahrida gruziyalik siyosiy emigrantlar oilasida tuğilgan. Uning bobosi 1918-1920-yillarda mustaqil Gruziya hukumati a'zosi bölgan va sovet hukumati örnatilganidan söng Fransiyaga köçib ketgan.
Salome Zurabişvili Parij politexnika fanlari instituti va AQŞdagi Kolumbiya universitetini bitirgan.
Zurabişvili 1974-2004-yillarda Fransiya TIV tizimida işlagan, 1977-1980-yillarda Fransiyaning BMTdagi vakili sifatida faoliyat olib borgan.
U şuningdek, strategik rejalaştiriş markazi, Fransiyaning AQŞ, Çaddagi elçixonalarida işlagan, 2003 yildan 2004 yilgaça Fransiyaning Gruziyadagi elçisi bölgan.
2004 yildan 2005 yilgaça Gruziya taşqi işlar vaziri lavozimini egallagan. 2005 yilda Zurabişvili "Gruziya yöli" muxolif partiyasini tuzgan. 2010 yilda esa Gruziya siyosatidan ketişini e'lon qilgan.
2013 yilda esa Gruziya prezidentligiga nomzodini qöygan, ammo uning qöşaloq fuqaroligi borligi uçun (Fransiya va Gruziya) markaziy saylov komissiyasi Salomeni nomzod sifatida röyxatga olişni rad etgan.
Zurabişvili 2016 yil oktabrda mustaqil nomzod sifatida Gruziya parlamenti deputati etib saylangan. 2018 yil avgustda u prezident saylovlarida qatnaşişini ma'lum qilgan va Fransiya fuqaroligidan voz keçgan.
Gruziya tarixida prezident lavozimida faoliyat körsatgan birinçi ayol Nino Burjanadze hisoblanadi. U 2003-2004 va 2007-2008 yillarda vaqtinçalik prezident vazifasini bajargan.
MDHdagi ilk ayol prezident esa 2010 yilda Qirğizistonning ötiş davridagi vaqtinçalik prezidenti sifatida iş olib borgan Roza Otunbayeva bölgan.












