Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori, iqtisodçi Yuliy Yusupov xorijiy valyutani noqonuniy almaştirganlar uçun jinoiy va ma'muriy javobgarlikni kuçaytiriş mavzusida navbatdagi maqolasini taqdim etdi.
Markaziy bank departamenti direktori Bobur Abubakirov «banklar xorijiy valyutani jismoniy şaxslarga çeklovlarsiz sotayotgani bois» qora bozor paydo bölişiga olib keladigan monetar sabablar «yöqligi»ni ma'lum qildi. Valyuta qora bozorining mavjudligi «qora» va «kulrang» import borligi bilan izohlanmoqda.
Avvalo şuni aytmoqçimanki, Markaziy bankning keyingi bir yarim yildagi sa'y-harakati va siyosatiga hurmat bilan qarayman. Köplab real islohotlar va oldinga siljişlar: valyuta bozorining liberallaşuvi, bank faoliyatini ma'muriy boşqariş usullaridan muntazam ravişda voz keçilişi, inflyatsiyani jilovlaş siyosati uçun aynan Markaziy bankdan minnatdor bölişimiz kerak. Ammo aytişadi-ku, «Aflotun mening döstim, ammo haqiqat ustunroq» deb.
Menimça, janob Abubakirovning sözlarida mantiqiy qarama-qarşiliklar bor. U jismoniy şaxslar valyutani çeklovlarsiz sotib olişlari mumkinligini ta'kidlamoqda. Faqat buni uning nazarida çeklov hisoblanmaydigan konversion karta orqali amalga oşiriş lozim. Boşqa tomondan esa, u savdogarlar va kontrabandaçilar naqd valyutani qora bozordan sotib olişni ma'qul körişlarini aytmoqda.
Agarda konversion karta orqali valyuta sotib olişga çeklov bölmasa, unda nega ular valyutani bankdan sotib olişmayapti? Demak, bu baribir çeklov bor ekanligini bildiradimi? Va aynan mana şu narsa oddiy odamlarni (nafaqat kontrabandaçilarni) qora bozorga borişga majbur qilmoqda.
Boşqa savol: agar Markaziy bank aholining valyuta sotib olişini çeklamoqçi bölmasa, unda nima uçun şu paytgaça (amaldagi operatsiyalar böyiça konvertatsiya joriy etilganiga bir yildan oşdi!) valyuta naqd körinişda sotilmayapti? Nima uçun Markaziy bank odamlarga valyutani konversion kartasiz naqd sotib olişga ruxsat bermayapti? Mana şu savolga aslo javob ololmayapmiz.
Va nihoyat, uçinçi savol. Ayirboşlaş punktlari yetişmagani sababli odamlar köpinça bankka emas, qora bozorga borişadi. Nima uçun markaziy bank xususiy ayirboşlaş punktlari faoliyat olib borişi uçun litsenziya bermayapti? Bunda qanday muammo bor?

















