2025 yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekiston içki valuta bozorida xorijiy valutaga bölgan talab va taklifning birdek ösişi kuzatilgan. Bu haqda Markaziy bankning içki valuta bozori şarhida ma’lum qilindi.
Hisobot davrida xorijiy valutaga bölgan talab 48,4 mlrd dollarni taşkil etdi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 24 foizga köp. Valuta taklifi esa (Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmaganda) 41,2 mlrd dollarga yetgan. Bu 2024 yilga nisbatan 26 foizga yuqori.

Valuta bozoridagi taklifning yana bir manbai Markaziy bank tomonidan sotib olingan monetar oltin doirasidagi sterilizatsiya operatsiyalari (xalqaro zaxiralarning neytrallik tamoyili asosida) orqali valuta mablağlarining sotilişi hisobiga ta’minlangan.
Yuridik şaxslarning valuta operatsiyalari
Yuridik şaxslar tomonidan çet el valutasiga bölgan talab 2025 yilning dastlabki 10 oyida ötgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ösgan bölsa, ular tomonidan valuta taklifi hajmi 38 foizga oşgan. Xususan, eksport tuşumlari hisobiga şakllanadigan valuta taklifi hajmi uşbu davrda 18 foizga oşib, 14,5 mlrd dollarga yetgan. Uşbu eksport tuşumlarning 8,1 mlrd dollari yoki 56 foizi içki valuta bozorida sotilgan (ötgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga yoki 6,6 mlrd dollarga köp).
Şuningdek, uşbu davrda içki valuta bozoriga 7,3 mlrd dollarlik valuta mablağlari banklar tomonidan xorijiy kreditlar hisobidan sotilgan (ötgan yilning mos davriga nisbatan 63 foizga köp).

Sotib olingan xorijiy valutaning asosiy qismi – 51 foizi işlab çiqariş uçun asbob-uskunalar, tovarlar va xomaşyo importi, 27 foizi – xorijiy valutadagi kreditlarni söndiriş, 17 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 2 foizi – xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 3 foizi – boşqa maqsadlar uçun xarid qilingan.
Jismoniy şaxslarning banklar bilan operatsiyalari
Jismoniy şaxslar banklarga 17,4 milliard dollar sotdi — bu ötgan yilga (13,2 milliard) nisbatan 1,3 baravar köp. Aholi tomonidan valuta sotib oliş 24 foizga oşib, 9,6 milliard dollarga yetdi.
Hisobot davrida jismoniy şaxslar tomonidan xorijiy valuta taklifi hajmi unga bölgan talab hajmidan 7,8 mlrd dollarga ortiq böldi (2024 yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar köp).













