2020 yilda importni moliyalaştiriş manbalari tarkibida xorijiy valutadagi kreditlar uluşi pasayib, içki valuta bozorida sotib olingan mablağlar (konvertatsiya) uluşi oşdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, 2020 yilda importni moliyalaştiriş manbalari tarkibida xorijiy valutadagi kreditlar hisobiga importni moliyalaştiriş uluşi 25 foizdan 18 foizga pasayişi kuzatilib, içki valuta bozorida sotib olingan mablağlar uluşi 52 foizdan 58 foizga oşdi.

Şuningdek, uşbu davrda Markaziy bankning valuta bozoriga aralaşuvi (intervensiyalari) oltin-valuta zaxiralarini barqaror saqlaş (neytrallik prinsipi)ga asoslangan holda amalga oşirilgani xabar qilinmoqda. Bunda Markaziy bank tomonidan sotilgan çet el valutasining sof hajmi yil davomida sotib olingan oltin hajmi doirasida bölişi ta'minlandi.

Xususan, hisobot yilida Markaziy bank tomonidan sotib olingan 56 trillion sömlik monetar oltin natijasida yuzaga kelgan qöşimça likvidlilikni sterilizatsiya qiliş maqsadida 53 trillion söm ekvivalentidagi valuta mablağlari valuta birjasida sotilgan.

Boş regulyator uçun 2021 yilda ham valuta siyosatini erkinlaştiriş jarayonini davom ettiriş muhim hisoblanadi. Şu yili valuta kreditlari uluşini hozirgi 50 foizdan 45 foizga, ya'ni kamida 2 milliard dollarga pasaytiriş lozimligi ta'kidlangan.