AQŞda senat Rossiya tomonining Kerç böğozidagi xatti-harakatlarini qoralovçi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda The Hill yozmoqda.

Uning mualliflaridan biri, respublikaçi senator Ron Jonsonning sözlariga köra, şu tariqa mamlakat senati Ukraina tomonini qöllab-quvvatlamoqda.

«Biz Rossiyaning barça harbiy harakatlarini qat'iy qoralaymiz. Ular xalqaro qoidalarni bir tomonlama ravişda qayta yozişga qaratilgandir», - deya ma'lum qildi Kris Myorfi.

Aniqlik kiritilişiça, hujjat bir ovozdan qabul qilingan. Şu bilan birga, rezolyutsiya deklarativ xususiyatga ega.

25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uçta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yöl olayotgan bölgan, lekin ularni Kerç böğozidan ötkazişmadi. Ukraina tomonining bildirişiça, avval Rossiya kemalar kelişi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.

Şu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerç böğozidan çiqib ketayotganida unga qarata öt oçganini ma'lum qildi. Rossiya çegaraçilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizçi yaralandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml Trampning Putin bilan uçraşuvni bekor qiliş haqidagi qaroriga munosabat bildirgandi.