Hyundai avtomobilsozlik kompaniyasi yangi krossoveri – Palisade’ni rasman taqdim qildi.
Yangi maşinaning taqdimoti Los-Anjyelesdagi avtosalonda bölib ötgan.
8 örindiqli Hyundai Palisade’da 3 qator örindiq bor, u 3,8 litrli, 6 tsilinrdli va quvvati 295 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Maşina 8 poğonali avtomatik uzatmalar qutisini olgan.
Maşinaning uzunligi 4,98 metr, eni 1,98 metr, ğildiraklar bazasi 2,9 metrni taşkil qiladi. Unda 7 ta USB-raz'yomi, smartfonlar uçun simsiz quvvatlagiç va yölovçilar bilan boğlaniş tizimi örnatilgan.
Maşina 2019 yil yozida sotuvga çiqadi. Öşanda uning narxi ma'lum qilinadi va ilk test-drayvlari ötkaziladi.












