Morgan Stanley taxminiça, 2019 yilda kosmik sohaga investitsiyalar hajmining ösişi kutilmoqda. Tahlilçilar söziga köra, ayrim bank mijozlari kosmosga aloqador loyihalarga sarmoya kiritiş imkoniyatlari bilan faol qiziqmoqda.

Odatda, xususiy sarmoyadorlar «kosmik texnologiyalar öz işiga bilvosita boğliq», deb hisoblaydilar.

Biroq, Morgan Stanley bunday loyihalarga e'tibor qaratişni tavsiya qilmoqda: keyingi oyda bank investorlar uçun «kosmik sammit» ötkazadi.

Eng istiqbolli kosmik kompaniyalar röyxatiga bank Ilon Maskning SpaceX va Jyeff Bezosning Blue Origin şirkatlarini qöşdi.

Bundan taşqari, Morgan Stanley kosmik startaplarga e'tibor qaratişni maslahat beradi: Vector, Virgin Orbit, Rocket Lab va boşqalar.

2040 yilga borib, kosmik loyihalar bozori hajmi 1 trln dollardan oşadi, deb taxmin qilişmoqda tahlilçilar. SpaceX öşa vaqtga kelib Internet sun'iy yöldoşlar tizimini işga tuşiriş orqali bozordagi qiymatini ikki yoki uç barobarga oşirişi mumkin.