Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va uning öğli, Duşanbe meri Rustam Imomali 30 noyabrda Duşanbe Markaziy jome' masjidi va Tojikiston Islom institutining yangi korpusi qurilişi borişi bilan tanişib çiqişdi.

Masjidni quriş loyihasi Tojikiston prezidentining bevosita rahnamoligi ostida amalga oşirilmoqda. U masjid poydevorining ilk toşini 2009 yil oktabrda Imom A'zam tavalludining 1310 yilligi nişonlanişi va hanafiy mazhabi asosçisi xotirasini yod oliş yili qöygan. 

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati 

Masjid 12 gektar maydonni egallaydi. Masjidni quriş loyihasi tojikistonlik va qatarlik tajribali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan. Tojik va dunyo arxitektura san'atining qadimgi va zamonaviy elementlari hisobga olingan holda quriladigan obekt har birining balandligi 75 metr keluvçi 4 ta minora va 47 metrlik gumbazdan iborat böladi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati 

Ta'kidlanişiça, loyihaning tayyorlanişida qadimgi tojik me'morçiligining öziga xos xususiyatlari va Imomali Rahmonning tavsiyalari inobatga olingan.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati 

Rahmon mas'ul şaxslarga barça sa'y-harakatlarni bezak işlari va masjid atrofidagi hududni kökalamzorlaştirişni sifatli bajariş uçun yönaltiriş vazifasini topşirgan.

Şuningdek, barça işlar masjid Tojikiston xalqi va bu yerga taşrif buyuruvçilar uçun yuzlab yillar davomida xizmat qiladigan qilib amalga oşirilişi qayd qilib ötilgan.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati