Farğona vodiysi viloyatlarida 30 noyabr kuni soat 15:00dan boşlab, 1 dekabr kuni tongiga qadar kuçli şamol kuzatildi.
Aynan mana şu tabiat hodisasi oqibatida odamlarning is gazi bilan zaharlanişi ehtimoli nega yuqori ekanligini bilasizmi? Fan tili bilan emas, balki oddiy qilib tuşuntirişga harakat qilamiz. Xonadondagi peçka kömir, ötin, boşqa yoqilği yoqilganda, gaz ajralib çiqadi. Möri orqali taşqariga çiqayotgan tutun va gazni kuçli şamol bosimi uyning içkarisiga qaytarib yuboradi. Tutun va is gazi uyga töla boşlasa, öşa yerdagi odam zaharlanişi ehtimoli kuzatiladi.
Öşa kungi kuçli şamol köp joylarda ana şunday noxuşliklar bölişiga sabab edi. Buning ortida xorijiy naşrlarda Andijon viloyatida bir keçada qariyb 100 kişi is gazidan zaharlangani haqida xabar tarqaldi.
Darhaqiqat, Şahrixon tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tez tibbiy yordam bölimi qabulxonasiga 30 noyabr kuni turli yoşdagi bemorlar aynan is gazi bilan zaharlanişdan şikoyat bilan olib kelingan. Kun.uz muxbirlari holatga oydinlik kiritiş maqsadida Şahrixon tumaniga bordi.

Ma'lumki, özini noxuş sezgan kişilar tibbiyot muassassiga qönğiroq qilib, tez yordam maşinasini çaqiradi yoki özi kasalxonaga boradi. Öşa kuni şoşilinç tez tibbiy yordam bölimi qabulxonasida umumiy amaliyot şifokori Nömonjon Qayumov navbatçilikda bölgan. Uning aytişiça, 30 noyabr kuni bölimga turli yoşdagi bemorlar soğligidan şikoyat qilib kelişgan. Bemorlar orasida issiği kötarilgan, yurak sohasidagi noxuşliklar, ya'ni har iş kunida uçraydigan turli kasalliklar murojaat qilişgan. Tungi soat 11larda esa özini is gazidan noxuş sezgan kişilar kelgan.


«Şifoxonamizga uşbu taşxis bilan gumonlangan bemorlar kelişdi. Ular orasida tez yordam maşinasi va özlari yurib kelganlari bor edi. Murojaat qilganlarning içida oğir ahvolda kelganlari deyarli bölmagan. Kelganlar barçasi huşida edi. Ularga birinçi tibbiy yordamni körsatdik. Heç qanday vahimali holat bölmadi. Bemorlarga ambulator yordam körsatilgaç, uylariga qaytib ketişdi. Ikki nafar «Is gazi bilan zaharlangan» taşxisi qöyilgan bemor terapiya (içki kasalliklar) bölimga yotqizildi»,- deydi şifokor Nömonjon Qayumov.
















