Amerikalik Deontey Uaylder Buyuk britaniyalik Tayson Fyuriga qarşi ötkazilgan jangda boks böyiça oğir vaznda jahon çempioni unvonini himoya qildi. Los-Anjyelesdagi Staples Center arenasida bölib ötgan jang durang bilan yakunlandi. 

Foto: Mark J Terrill/AP

Töqqizinçi raund örtalarida Uaylder Fyurini ketma-ket uçta zarba berib nokdaunga uçratdi. Fyuri 12-raund boşida yana bir bor nokdaunga uçradi.

Foto: Andrew Couldridge/Action Images via Reuters

Jang yakunida hakamlardan biri Uaylder 115:111 hisobida ğalaba qozonganini qayd etdi. Ikkinçi hakam Fyurini ğolib deb topdi (114:110). Uçinçi hakam 113:113 hisobida durang böldi deb hisobladi.

Uaylder va Fyuri professional ringda bir marta ham mağlubiyatga uçramagan. Amerikalik boksçi hisobida 40 ğalaba (39 nokaut) va bir durang bölsa, britaniyalik boksçi 27 ğalaba (19 nokaut) va bir durang qayd etgan.

Jangdan keyin bergan intervyularida har ikki boksçi revanş jangi ötkaziş istagida ekanligini aytdi. 

Foto: Andrew Couldridge/Action Images via Reuters

"Navbatdagi jangim Fyuri bilan revanş jangi böladimi, buni bilmayman, ammo buni quvonç bilan qarşi olgan bölardim",  dedi Uaylder

"Biz albatta revanş ötkazamiz, bunga tayyorlanaveringlar", dedi Fyuri.