Yaponiya bahsli hududdagi gaz konlarini özlaştiriş boşlangani munosabati bilan Xitoyga protest bildirdi. Bu haqda TASS Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yesixide Suguga asosan xabar qildi.
Ta'kidlanişiça, Xitoy tomoni bir tomonlama ravişda Şarqiy-Xitoy dengizi mintaqasidagi öz faoliyatini tiklagan.
«Bu harakatlar Yaponiyaning pozitsiyasiga mutlaqo ziddir. Xitoy bir tomonlama tarzda özlaştirişni davom ettirayotganidan juda afsusdamiz. Biz protest bildirdik», - deya ma'lum qilgan Suga.
Aniqlik kiritilişiça, 2008 yilda Yaponiya va Xitoy Şarqiy-Xitoy dengizidagi gaz maydonlarini birgalikda özlaştiriş töğrisidagi bitimni imzolagan. Biroq, 2010 yilda Yaponiya sohilni qöriqlaş xizmati bahsli hudud sanaluvçi Senkaku orollari hududida Xitoyga tegişli baliq ovlovçi traulerni qölga olgaç, bitim böyiça muzokaralar muzlatib qöyildi.
Ta'kidlanişiça, uşbu hodisadan keyin yapon hukumati bir neça marotaba Xitoyni gaz konlarini bir tomonlama özlaştirişda gumonladi. Bu mamlakatlar örtasida mavjud bölgan amaldagi bitimga qaramay yuz berdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Kuril orollari böyiça va'da bergandi.












