Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Kuril orollari yapon tomoniga beriladigan bölsa, unda u yerda AQŞ harbiy bazalari joylaştirilmasligiga va'da berdi. Bu haqda Asahi Shimbun gazetasi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, Abe va Putin örtasidagi suhbat Singapurdagi ASEAN sammitida bölib ötgan.

Naşrdan eslatişlariça, 1956 yilda imzolangan Qöşma sovet-yapon deklaratsiyasiga köra, agar tomonlar tinçlik töğrisidagi kelişuvni imzolasa, unda Yaponiya Xabomai va Şikotan orollariga ega böladi.

Naşrning yuqori lavozimli manbalari xabariga köra, Yaponiya va AQŞ örtasidagi kelişuvlarga muvofiq, amerikalik harbiylar butun mamlakat hududi böylab joylaşişi mumkin. Biroq, ularning qöşimça qilişiça, Yaponiyadan maxsus ruxsat olmasdan AQŞ harbiy kuçlari mamlakatdagi öz iştiroklarini kuçaytira olmaydilar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya kiberxavfsizlik vaziri kompyuterdan foydalanmasligini aytgandi.