«Bavariya» yarimhimoyaçisi Aren Robben mavsum yakunida klubni tark etişi haqida ma'lum qildi.

«Bu mening «Bavariya»dagi oxirgi mavsumim.

Men bu klubda ajoyib 10 yilni ötkazdim», – degan futbolçi.

Ayni vaqtda 34 yoşda bölgan futbolçi myunxenliklar jamoasi safida 2009 yildan buyon töp surib kelmoqda. Robben joriy mavsumda 9 öyinda maydonga tuşdi va 3 gol urdi.

U «Bavariya»da 10 mavsum davomida 305 öyinda maydonga tuşgan hamda jami 143 golga mualliflik qilgan. Robben nemis klubi bilan bu davr mobaynida 7 marta Bundesliga çempioniga aylangan, 5 marta Superkubokka ega çiqqan, bir martadan Çempionlar ligasi va UYeFA Superkubogida ğolib bölgan.