Niderlandiyalik vinger Aren Robben faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi.

«Oxirgi bir neça hafta davomida köp öyladim. «Bavariya»dagi oxirgi öyinimdan keyin bir qarorga keliş uçun özimga vaqt bergan edim. Professional futbolçi sifatidagi kareramga nuqta qöyişga qaror qildim.

Bu, şubhasiz, faoliyatim davomida men qabul qilişimga töğri kelgan eng qiyin qaror böldi. Bunda aqlim va könglim bir-biriga qarşi edi.

Futbolga muhabbat va hamon hammasi qölingdan keladi degan işonç bir tomonda bölsa, unga qarşi tomonda – endi hamma narsa ham sen istagandek bölavermasligi, jarohat nimaligini bilmaydigan 16 yoşli yigit emasligingni eslatuvçi reallik», – deyiladi Robbenning Ziggo Sport`da e'lon qilingan bayonotida.

19 yillik faoliyati davomida «Groningen», PSV, «Çelsi», «Real» va «Bavariya» jamoalarida öynagan 35 yoşli yarimhimoyaçi klub futbolida 606ta öyin ötkazib, 210ta gol muallifi böldi.

Robben faoliyati davomida jami 29ta sovrin qölga kiritdi.

U – 8 karra Germaniya çempioni bölgan, 2 marotaba Angliya çempionatida zafar quçdi; bir martadan esa Ispaniya va Niderlandiya çempionligiga erişdi. 2013 yilda «Bavariya» safida Çempionlar ligasida ğolib çiqdi.

Aren Niderlandiya milliy jamoasida 96ta öyin ötkazib, 37ta gol urdi hamda JÇ-2010da kumuş, JÇ-2014da bronza medali sohibi böldi.