«Çelsi» 2022 yil yozgi transfer kampaniyasini muvaffaqiyatsiz ötkazmoqda, «Sevilya» himoyaçisi Jyul Kunde ularning qölidan çiqib ketgan navbatdagi futbolçi böldi.
Goal xabariga köra, Kunde «Çelsi» uçun ustuvor maqsad bölgan. Çunki, Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen ketgaç, Tuxel himoyani u bilan kuçaytirişni rejalaştirgandi. Ammo Jyul oxir-oqibat «Stemford Brij» örniga «Kamp Nou»ga borişni ma’qul kördi.
Ğarbiy London klubi rad javoblariga könikmagan. Ammo transfer amalga oşişiga yaqin qolganda iqtidorlarni qöldan çiqariş bilan boğliq bir neça holatlar bölgan. Boşqa tomondan, «Çelsi» ham bir-ikki kelişuvni «öğirlaşga» erişgan.
Goal ularning ziddiyatli transfer tarixi töğrisidagi qisqaça ma’lumotlarni töpladi.

Aren Robben («PSV» klubidan «Çelsi»ga)
2004 yilning yozida 20 yoşli Aren Robben «PSV» klubidagi faoliyatini yorqin boşlagaç, Yevropa futboli bozoridagi eng «qaynoq» futbolçilardan biriga aylandi.
«Mançester Yunayted» niderlandiyalikka birinçi bölib taklif jönatdi va klub bazasiga taşrif buyurganidan keyin şartnoma imzolaşi kerak edi. Ammo «Çelsi» sönggi daqiqada raqibdan özib ketdi.
«Köklar» Robben uçun 12 million funt sterling taklif etişdi, bu «Mançester Yunayted»nikidan 2 barobar köp edi. Natijada, Aren Joze Mourino jamoasiga qöşildi. Qanot futbolçisi «Çelsi»ning 2004/05 va 2005/06 mavsumidagi ğalabalarida muhim rol öynadi. 2007 yilda «Real»ga ketdi.

Jon Obi Mikel («Lin»dan «Çelsi»ga)
Aslida «Çelsi» Norvegiyaning «Lin» klubidan nigeriyalik yarimhimoyaçi Jon Obi Mikelni olganida, barça davrlarning eng maşhur transfer «öğrilik»laridan birini sodir qildi.
2005 yilning aprel oyida «Mançester Yunayted» Mikel bilan şartnoma imzolaganini e’lon qildi. U hatto matbuot anjumanida OAV vakillariga ham taniştirildi. Ammo «köklar» allaqaçon Mikelning agenti bilan kelişuvga erişib qöygan edi.
Natijada, mojaro sudgaça bordi. Uzoq davom etgan tortişuvda «Çelsi»ning qöli baland keldi. Oradan 14 oy ötgaç, Mikel «köklar» futbolçisi sifatida taniştirildi. U londonliklar bilan 2 marta Premer-Ligada va Çempionlar Ligasida ğolib çiqdi.















