Angliya çempionatida 14-turning markaziy uçraşuvi Londonda keçdi. «Emiraytes» stadionida «Arsenal» va «Tottenhem» örtasida keçgan Şimoliy London derbisida muxlislar 6ta golga guvoh bölişdi.

«Arsenal» birinçi bölimni 1:2 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlagan bölişiga qaramay, öyinni 4:2 hisobidagi ğalaba bilan yakunladi.

Birinçi bölim boşida Per-Emerik Obameyang penaltidan hisobni oçgandi, ammo «şporlar» 4 daqiqa içida 2 gol urib, oldinga çiqib olişdi.

Ikkinçi bölim boşida yana Obameyang aniq harakat qildi va dublni rasmiylaştirdi. Endi bu gabonlik futbolçi APLdagi gollari sonini 10taga yetkazdi va töpurarlar poygasida yaqqol peşqadamga aylandi.

74-daqiqada jamoaning yana bir hujumçisi Aleksandr Lyakazett mehmonlar darvozasini işğol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. 3 daqiqa ötib, «kanonirlar»ning urugvaylik legioneri Lukas Torreyra yakuniy hisobni örnatdi. Bu gol uning «Arsenal» safidagi birinçi goli böldi.

85-daqiqada mehmonlar jamoasi safida Yan Fertongen qizil kartoçka olib maydonni tark etdi.

Şu tariqa, Unai Emeri şogirdlari mağlubiyatsiz seriyasini 19 öyinga yetkazib qöydi. Jamoa oxirgi marta 2-turda, 18 avgust kuni «Çelsi»ga yutqazgan edi. 

Endi «Arsenal» oçkolari sonini 30taga yetkazib, turnir jadvalida törtinçi öringa kötarildi, «Tottenhem» oçkolari «Arsenal»niki bilan bir xil bölsada, töplar nisbati yomonligi tufayli beşinçi öringa tuşib ketdi.

Angliya çempionati
14-tur
Arsenal – Tottenhem 4:2
Gollar: 1:0 – 10, penalti Obameyang, 1:1 – 30 Dayyer, 1:2 – 34, penalti Keyn, 2:2 – 56 Obameyang, 3:2 – 74 Lyakazett, 4:2 – 77 Torreyra.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Xolding, Kolaşinats, Mustafi (Genduzi, 71), Mxitaryan (Remzi, 46), Torreyra, Ivobi (Lyakazett, 46), Djaka, Belerin, Obameyang.
Tottenhem – Loris, Vertongen, Devis (Rouz, 82), Ore, Foyt, Sissoko, Dayyer, Eriksen, Alli (Uinks, 79), Son Xin Min (Lukas Moura, 79), Keyn.
Ogohlantirişlar: