3 dekabrdan 4 dekabrga ötar keçasi France Football talqini böyiça, dunyoning eng yaxşi futbolçisi aniqlanadi.

Ğolib «Oltin töp» sovriniga ega böladi. Tadbir soat 01:00da Parijda boşlanadi.

Mukofotga asosiy da'vogar sifatida Xorvatiya terma jamoasi va «Real» klubi yarimhimoyaçisi Luka Modriç körilmoqda. Futbolçi şu yili FIFA talqini böyiça dunyoning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan edi.

«Oltin töp» sovrini rekordçilari argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Kriştianu Ronaldu hisoblanadi. Har ikkalasi ham 5 martadan nufuzli mukofotni qölga kiritişgan.