«PSJ» hujumçisi Kilian Mbappe Fransiya çempionati doirasidagi «Bordo»ga qarşi öyinda gol urişga muvaffaq böldi.

Natijada, yoş iqtidor öz hisobidagi gollar sonini 12taga yetkazdi va nafaqat Fransiya çempionati balki top-5 ligalar böyiça ham töpurar bölib oldi.

U jamoadoşi Neymar, «Nant» hujumçisi Emiliano Sala va «Jirona» hujumçisi Kristian Stuanini 1 töpga ortda qoldirmoqda.

Top-5 ligalar töpurarlari 2018/19
12 – Kilian Mbappe (PSJ)
11 – Neymar (PSJ), Emiliano Sala (Nant), Kristian Stuani (Jirona)  
10 – Pako Alkaser (Borussiya D), Luka Yoviç (Ayntraxt), Kşiştof Pyontek (Jyenoa), Kriştianu Ronaldu (Yuventus), Yago Aspas (Selta), Per-Emerik Obameyang (Arsenal), Florian Toven (Marsel).