Özbekiston Respublikasi boş prokurorining buyruği bilan Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimini yuritiş tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimini yuritiş tartibi haqidagi nizomga köra, tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimiga nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlarni kelişiş va ötkaziş uçun Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokuraturalariga yuborilgan buyurtma, şuningdek tekşiruv töğrisida ma'lumotlar, monitoring va tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida aniqlangan qonunbuzişlarni bartaraf qiliş böyiça qabul qilingan çora-tadbirlar kiritiladi.

Nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan barça tekşiruvlar Yagona tizimda majburiy tarzda röyxatdan ötkazilişi lozim.

Yagona tizim töliq işga tuşirilgunga qadar tekşiruv ötkazişni kelişiş bilan boğliq bölgan yozişmalar qoğoz şaklida rasmiylaştiriladi.

Nazorat qiluvçi organlar va vakolatli organ örtasidagi davlat siri bilan boğliq bölgan tekşiruvlarni ötkazişga oid axborot almaşinuvi davlat sirlarini saqlaş töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan. 

Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi Yagona tizimda prokuratura.uz sayti orqali röyxatdan ötadi.

Nazorat qiluvçi organlarga Yagona tizimga kiriş uçun login va parol Boş prokuratura tomonidan axborot xavfsizligi talablariga muvofiq beriladi va alohida muhrlangan konvertda yuboriladi.

Login va parollar reyestri Boş prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oşiriş sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi tomonidan yuritiladi.

Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi Yagona tizimda röyxatdan ötganidan söng Boş prokuratura boşqarmasi uning ma'lumotlarini tizim içida tasdiqlaydi.

Yagona tizimda röyxatdan ötkazişni tasdiqlaş bir iş kuni davomida amalga oşiriladi.

Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi Yagona tizimda bir marotaba röyxatdan ötkaziladi.

Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi özgarganda Yagona tizimdagi login va parol nazorat qiluvçi organ tomonidan axborot xavfsizligi talablariga oid içki qoidalar asosida yangi xodimga ötkaziladi.

Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi özgarganligi haqida nazorat qiluvçi organ bir iş kunida Boş prokuratura boşqarmasini xabardor qiladi.

Vakolatli organning mas'ul xodimiga login va parol Boş prokuratura boşqarmasi tomonidan beriladi hamda xodim belgilangan tartibda prokuratura.uz saytida röyxatdan ötadi.

Tekşiruv ötkazişni kelişiş uçun nazorat qiluvçi organ tomonidan Yagona tizimga qonun hujjatlariga muvofiq tegişli ma'lumotlar kiritiladi.

Tekşiruvlarni ötkazişga oid buyurtmalar vakolatli organning mas'ul xodimi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda körib çiqiladi.

Buyurtma uç iş kuni içida, favqulodda holatlar böyiça bir iş kunida körib çiqiladi.

Vakolatli organ tomonidan tekşiruv ötkazişni kelişiş haqida qaror qabul qilinganda uşbu organning mas'ul xodimi tomonidan Yagona tizimda maxsus raqam (kod) asosida “Ruxsat berilsin” maqomi tanlanadi.

Tekşiruv ötkazişni rad etiş haqida qaror qabul qilinganda vakolatli organning mas'ul xodimi tomonidan uning aniq sababi körsatilgan holda “Rad etilsin” maqomi tanlanadi.

Rad etiş sabablari bartaraf etilganda, tekşiruvlarni ötkaziş uçun buyurtma yangidan rasmiylaştiriladi.

Yagona tizimda buyurtma röyxatdan ötkazilib, tekşiruv uçun maxsus raqam (kod) olingandan keyin nazorat qiluvçi organ tomonidan tadbirkorlik sub'yekti faoliyatida tekşiruv ötkaziş taşkil etiladi.