Joriy yilning noyabr oyida mamlakatning iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi örtaça 2,3%ga kötarildi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Umumiy hisobda 11 oy davomida iste'mol sektorida inflyatsiya darajasi 12,0%ni taşkil etdi.

Ma'lumot uçun, 2017 yilning noyabr oyida respublika iste'mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 2,0%ni taşkil etgan. Oy davomida umumiy narxlar darajasining ösişiga oziq-ovqat mahsulotlari 1,5%, nooziq-ovqat mahsulotlar 3,4% va xizmatlar 0,5%ga ta'sir etgan

Oylik iste'mol narxlari özgarişi tahlillari şuni körsatmoqdaki, iqtisodiyotga inflyatsion bosimlarning oşişi joriy yilning sentabr oyidan e'tiboran kuzatila boşlangan. Sentyabrda örtaça oylik iste'mol narxlari 1,8%, oktabrda 1,3% va noyabr oyida 2,3%, sönggi uç oylikda esa narxlar örtaça kötarilişi 5,4%ni taşkil etgan

Tovarlar oy davomidagi umumiy narxlar darajasining ösişiga 2,0%, 2017 yilning oxiriga nisbatan esa 11,3%ga ta'sir etgan.

Narxlarining oy davomida eng yuqori sur'atlarda oşgani yanvar oyida qayd etilgan bölib, unda tovarlar örtaça 3,0%ga qimmatlaşgan. Joriy yilning may va iyun oylarida esa tovarlarning örtaça narxlari darajasi aksinça, pasayganligi (oy davomida 0,6% va 0,5%) bevosita meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy arzonlaşişi bilan boğliq

2017 yilning dekabr oyiga nisbatan tovarlarning iste'mol narxlari özgarişi tom ma'noda umumiy INI özgarişi tendensiyasini takrorlaydi: qiymatning maksimal darajaga yetişişi noyabr oyida (11,3%), minimali esa yanvarda (3,0%) kuzatilgan.

Joriy yilning noyabrida xizmatlar narxlarining oy davomidagi ösiş sur'ati şu oydagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari körsatkiçlari darajasidan ortiqroq böldi. Xizmatlar 3,3%, oziq-ovqat mahsulotlari 2,7% va nooziq-ovqat mahsulotlari 1,2%ga qimmatlaşdi.