AQŞning SpaceX kompaniyasi 3 dekabrda 64 ta sun'iy yöldoşga ega Falcon 9 raketasining parvozini amalga oşirdi.    

Raketa Toşkent vaqti bilan soat 22:34da Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan uçirilgan. Raketa startidan 8 daqiqa ötib uning birinçi poğonasi keyinçalik takroran işlatiş uçun Tinç okeanidagi platformaga qöndirilgan. E'tiborlisi, kompaniya uşbu poğonani ilk bor uçinçi marta qayta işlatdi. Avval bu blok may va avgustda raketalarni uçirişda qöllangan. 

Sun'iy yöldoşlar belgilangan orbitaga qism-qismlab olib çiqilgan. Umumiy hisobda fazoga 17 ta davlatning 35 ta kompaniyasi, tadqiqot taşkiloti va ta'lim muassasasi qurilmalari olib çiqildi. 

Bir urinişda orbitaga bunday köp miqdorda sun'iy yöldoşlarning olib çiqilişi AQŞ hududidan amalga oşirilgan parvozlar uçun rekord natija böldi. Biroq bu boradagi mutlaq rekord 2017 yil fevralida Hindistonning PSLV raketasi 104 ta sun'iy yöldoşni fazoga olib çiqqanda örnatilgan.