Boltiqböyi – turizm uçun jozibador maskanlardan. Estoniya poytaxti Tallinda taşrif buyuriş kerak bölgan qiziqarli joylar talaygina.
Qayta ta'mirlaşdan keyin haqiqiy Ijod şahriga aylangan Telliskivini barça zamonaviy narsalar markazi deb ataş mumkin. U yerda badiiy va texnik körgazmalarga boriş va bozorlar böylab sayr qiliş mumkin.

Qaçonlardir yopiq bölgan teleminora mehmonlarni özining futuristik içki dizayni va interaktiv ekspozitsiyalaridan bahra olişga taklif etadi.

Tabiat boğlarida sayr qilişni istaganlar uçun Kadriorg boğidan yaxşisi topilmaydi. Unga Pyotr I davridayoq asos solingan. Ana öşa vaqtda saroy qurilgan va gullar boği yaratilgan. Landşaftga Oqquşlar köli yanada çiroy bağişlaydi. Boğda XVIII asrdagi manzara saqlab qolingan.

Dam oliş kunlaridagi hordiq uçun Roterman kvartali ajoyib joyga aylanadi. Bugun bu yerda odamlar işlaydigan, xaridlar qiladigan va dam oladigan savdo hududlari mavjud.

Tallin özining örta asr arxitekturasi bilan ham qiziq. Qadimgi davr muhitiga şönğiş uçun köçalar böylab sayr qiliş mumkin.

Uus Maailm tumani romantik yoki «Yangi olam» deb ataladi. Bu joyda şahar hududini taşkillaştirişga hissa qöşiş istagidagi yoşlar töplanişadi.














