Seşanba va çorşanba kunlari Angliya Premer-ligasida 15-tur öyinlari bölib ötmoqda. 5 dekabrga ötar keçasi turning törtta uçraşuvi ötkazildi.
Liga yakkapeşqadami «Mançester Siti» navbatdagi ğalabasini qölga kiritdi. «Şaharliklar» «Uotford» maydonidan 2:1 hisobidagi ğalaba bilan ortga qaytdi. Natijada klubning APLdagi mağlubiyatsiz seriyasi 21 öyinga yetdi. Mankunianliklar sönggi marta 7 aprelda öz maydonida keçgan Mançester derbisida «MYu»da yutqazişgandi (2:3).
4 dekabr sanasida, şuningdek, «Bornmut» ketma-ket törtta mağlubiyatdan keyin «Haddersfild»ni taslim etdi – 2:1. Jadvalning ikkinçi yarmi iştirokçilari - «Brayton»-«Kristal Pelas» va «Vest Hem» - «Kardiff» öyinlarida 3:1 hisobi qayd etildi.
Bugun tunda turning qolgan 6ta öyini bölib ötadi. Markaziy bahs «Old Trafford»da «MYu» va «Arsenal» örtasida keçadi, uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 01:00da boşlanadi.
Angliya çempionati
15-tur, 4 dekabr
Vest Hem – Kardiff 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 49 Peres, 2:0 – 54 Peres, 3:0 – 61 Antonio, 3:1 – 90 Merfi.
Brayton – Kristal Pelas 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 24, penalti Myurrey, 2:0 – 31 Balogun, 3:0 – 45 Andone, 3:1 – 81, penalti Milivoyeviç.
Çetlatiş: Daffi (28, Brayton).
Bornmut – Haddersfild 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 5 Uilson, 2:0 – 22 Freyzer, 2:1 – 38 Kongolo.
Uotford – Mançester Siti 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 40 Sane, 0:2 – 51 Mahrez, 1:2 – 85 Dukure.
Uotford – Foster, Femeniya, Kabasele, Ketkart, Xolebas, Çaloba (Deulofeu, 63), Saksess (Grey, 75), Xyuz (Kina, 52), Dukure, Pereyra, Dini.
Mançester













