Maktabgaça ta'lim vazirining buyruği bilan Maktabgaça ta'lim muassasasining kuzatuv kengaşi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, kengaşning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
muassasaning ustuvor vazifalarini belgilaş;
maktabgaça ta'lim tuman (şahar) bölinmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgaça ta'lim muassasasi rahbarini saylaş;
muassasaning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erişiş rejalarini tasdiqlaş;
muassasada amalga oşirilişi belgilangan vazifalarning bajarilişi va maqsadli körsatkiçlarga erişilişi ustidan nazorat olib boriş.
Kengaşning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy bölinma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan muassasa rahbarini saylaş, şuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etiş haqida muassasani rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş;
muassasa faoliyatini takomillaştiriş, moliyaviy-xöjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet va byudjyetdan taşqari hamda homiylik mablağlaridan foydalaniş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisida muassasa rahbarining hisobotlarini tinglaş;
muassasaning yillik moliyaviy rejalarini, körsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uçun ijara haqi miqdorini, şu jumladan auksiondagi boşlanğiç narxni muassasa rahbarining iştirokida tanişib çiqiş va takliflar beriş;
muassasa rahbari, pedagog va boşqa xodimlarining faoliyati böyiça ijtimoiy sörovlar ötkaziş;
muassasada tarbiyalanuvçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ularni yaxşilaş böyiça ota-onalar va jamoatçilik taşkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilişda amaliy yordam körsatiş;
muassasani rivojlantirişga doir ustuvor yönalişlarni belgilaş böyiça ta'lim muassasasi rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bölinmaga takliflar kiritiş;
muassasaning xodimlarini rağbatlantiriş böyiça hududiy bölinmaga takliflar beriş.
Muassasada bolalarning sifatli ta'lim olişlari, ularga tegişli şart-şaroitlar yaratiş hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida muassasa rahbariga kömaklaşiş uçun har bir muassasada Kengaş taşkil etiladi.












