Yevrokomissiya rahbari örinbosari Andrus Ansip "işonçli dalillar" Rossiyani Yevropadagi yolğon axborotning asosiy manbai ekanligini körsatayotganligini ma'lum qildi.
Ansipning sözlariga köra, asosiy vazifalaridan biri "Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyasiga qarşi kuraşiş" bölgan East StratCom Task Force operativ guruhi Yevroittifoqqa qarşi 4,5 mingdan ortiq yolğon axborot tarqatilişi holatlarini aniqlagan.
"East StratCom Task Force 2015 yilda taşkil etilganidan buyon 4,5 mingdan ortiq yolğon axborot tarqatilişi holatlarini aniqladi va tahlil qildi. Rossiya Yevropadagi yolğon axborotning asosiy manbai ekanligini körsatuvçi işonçli dalillar mavjud", — dedi Ansip jurnalistlarga.
Yevrokomissiya dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş çora-tadbirlari rejasi doirasida East StratCom Task Force xodimlarini köpaytiriş uçun byudjyetni 2019 yilda 1,9 million yevrodan 5 million yevrogaça oşirişni taklif qilmoqda.
Uşbu reja YeIning 13-14 dekabrda Bryusselda bölib ötadigan sammitida tasdiqlaş uçun taqdim etiladi.









