Forbes: Yaponiyada öqiş va işlaşga doir tavsiyalar
|04:58 / 05.12.201849 74916 min
Foto: REUTERSFoto: REUTERS
Yaponiyaga yöl olayotgan ekspatlar qanday tayyorgarlik körişi kerakligi haqida Forbes jurnalida maqola taqdim etildi.
Yaponiya 2018 yilda öz tarixida birinçi marta qonun darajasida mamlakatga xorijiy işçi kuçini jalb qilişga doir çoralarni qabul qildi. 2020 yilgaça Yaponiya oliy ta'lim muassasalariga xorijliklar öqişga kirişini yengillaştiriş maqsadida oliy ta'lim tizimini isloh qiliş rejalaştirilgan.
Foto: LAF / Vostok Photo
"Amerikaga yetib oliş va undan öziş" şiorini yaponlar 150 yildan ortiq vaqt ilgari hayotga tatbiq qila boşlaşgan, öşanda bunga qadar yopiq bölgan mamlakat xalqaro munosabatlar tizimini örnata va Ğarb texnologiyalarini olib kira boşlaşgan. US News & World Report reytingiga köra, bugunga kelib Yaponiya turmuş darajasi böyiça jahonda beşinçi örinni egallaydi, Yaponiya iqtisodiyoti esa - Amerika va Xitoy iqtisodiyotidan keyin uçinçi poğonada.
2018 yilning yozida past malakali işçi kuçining surunkali yetişmasligi Yaponiya hukumatini migratsiya siyosatini qayta körib çiqişga majbur qildi. Salbiy demografik körsatkiçlar (2017 yilda mamlakatda atigi 946 060 nafar bola dunyoga keldi) va bozorning yuqori malakali kadrlar bilan haddan ziyod tölişi inqirozli vaziyatni yuzaga keltirdi.
Hukumat maxsus viza rejimi joriy qilişi haqida e'lon qildi, bundan maqsad - 2025 yilga borib qişloq xöjaligi, quriliş, kemasozlik, şifoxona va mehmonxonaga yarim milliondan ortiq malakasiz işçini jalb qiliş. Maxsus migrant vizasi böyiça Yaponiyada oilasiz 5 yildan köp bölmagan davrda işlaş mumkin böladi.
Yaponiyada Ğarbiy Yevropaning yuqori malakali kreativ kasblar mutaxassislari juda yaxşi qarşi olinadi, zero bu mamlakatda kreativlik yuqori baholanadi.
Ayni damda Yaponiya aholisining atigi 2 foizini çet elliklar taşkil qiladi. Forbes Life ekspatlar bilan suhbatlaşib, Yaponiyada iş topiş va özlarini qulay his qiliş uçun nimalarni biliş kerakligiga oydinlik kiritdi.
Bugungi kunda xorijlik talabalarning yarmidan köpi Yaponiyada keyinçalik işga joylaşiş va yaşaşni közlab ta'lim olişmoqda.
Yaponiya maktablari
Yaponiya ta'lim tizimi deyarli çaqaloqlik davridan boşlanadi. Masalan, yasli 3 oylik davridan boşlab bolalarni töliq kunga (7:30 dan 20:00 gaça) qabul qiladi.
Mavzuga oid
16 yildan beri Tokio şahrida yaşovçi jurnalist Yuriy Sinaleyevning fikriça, bu mamlakatda bolalarga juda katta e'tibor va e'zoz bilan munosabatda bölişadi.
"Yaqinda Tokio markaziy köçalaridan birida avtomobillar tirbandligi yuzaga keldi. Çamasi 10 yoşlardagi ikki qiz yöldan ötayotib uzoqroq gaplaşib qolişdi va svetoforning qizil çiroği yonganini sezişmadi. Qizlar yölning örtasida turişardi. Ikki tomondan harakatlanayotgan maşinalar ikki dugonaning suhbati tugaşini indamay kutişdi. Heç qanday ortiqça harakat va tovuş yöq. Yaşil çiroq yongandan keyingina qizlar ikki tomonga qarab ketişdi", - deydi u.
Foto: Shutterstock / Fotodom
MDU Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti bitiruvçisi, Tatyana Naumova yaponlarning bolalarga bölgan munosabatini quyidagiça baholaydi:
"Jamoatçilik joylarida bolalarni kuzatib tursangiz, şuning özi kifoya. Yaponiyada - kattalarda ham, bolalarda ham hissiyotlar u qadar namoyiş etilmaydi. Ular xuddi boşqaça dunyoqaraş bilan tuğiladigandek. Masalan, yapon bolasi çarçadi, qaysarlik qilib, yiğlab, polga yotib oldi, deylik. Ona uning yoniga ötirib, ovozini balandlatmay, bolani uzoq tinçlantirişga harakat qiladi. Xotirjamlik va hurmat — yaponiyalik ota-onalarning asosiy pedagogik usullari".
Bolalar 6 yoşdan maktabga borişadi va 18 yoşgaça öşa yerda ta'lim olişadi. Ta'lim uç bosqiçni öz içiga olgan: kiçik maktab (1-6 sinf), örta maktab (7-9 sinf) va katta maktab (10-12 sinf). Örta maktabdan boşlab öquvçilar albatta forma kiyişadi (har bir maktab öz formasiga ega), kiçik sinflardagi öquvçilarning boşida maxsus beysbol-qalpoqlari (masalan, 1-sinf öquvçilarida - sariq, ikkinçi sinf öquvçilarida - qizil). Barça öquv darsliklari bepul va albatta rang-barang. Har bir sinfda 25-35 kişidan ta'lim oladi. Öquv yili 1 apreldan, ayni sakura daraxti gullaganda boşlanadi. Ta'til avgustga töğri keladi.
Bolalar boğçalari va maktablar oşxonalarida tayyor ovqat yöq, şuning uçun konteynerlarda tayyor tuşliklarning turli variantlari — «bento» — onalarning raqobat va bolalarning faxr omili. Ular töğralgan sabzi, pomidor va pişgan guruçdan turli jonivorlarni yasaşadi.
Yaponiyada Janubiy Koreyadagi kabi faqat bazaviy maktab ta'limi majburiy. Katta maktabga ingliz tili, matematika, yapon tili, tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlardan kiriş imtihonlari topşiriladi.
Kattalar maktabi profillar böyiça taqsimlangan: gumanitar, fizik-muhandislik va tillar. Imtihonlarga maxsus qöşimça ta'lim maktablari "dzyuku"da tayyorlaşadi, bu yerda testlarni topşiriş va iyerogliflarni yoziş örgatiladi. Ta'lim oyiga 300-400 dollarni taşkil qiladi. JASSO talabalar taşkiloti ma'lumotlariga köra, ba'zi ota-onalar öz farzandining qöşimça ta'limiga yiliga 7000 dollar sarflaydi.
Foto: Getty Images
Örta maktab ham xususiy, ham davlatga qaraşli bölişi mumkin. Xususiy maktab har doim ham davlat maktabiga nisbatan nufuzli va sifatli hisoblanmaydi. Qoidaga köra, xususiy maktablarda murakkab dasturni özlaştirişga qiynaladigan öquvçilar öqiydi. Öqiş taxminan - oyiga 500 dollar.
Xususiy maktablarda ham, davlat maktablarida ham farroşlar yöq. Birinçi sinfdan tozalik uçun öquvçilar javob beradi.
Sinfni birgalikda tozalaş, sport musobaqalari, jamoaviy loyihalar — barçasi kiçik maktabdan boşlab öquvçilarni köp soatlik kollektiv mehnatga örgatişga yönaltirilgan.
Kattalar maktabi majburiy bölmasa-da, 94 foiz öquvçi öqişni davom ettiradi. "Örta maktabdan keyingi bosqiçni öqimaganlar faqat jismoniy mehnat talab qiluvçi qiyin işlarga umid qilişi mumkin - yo quriliş, yoki sanitarlik", - deydi Tokiodagi "Tinçlik" rus madaniy-ta'limiy markazi asosçisi Natalya Berezovskaya. Ta'kidlaş joizki, bu kabi işlarda iş haqi past emas — mamlakatda örtaça turmuş tarziga 1800 dollar ketsa, deylik sanitar oyiga 4000 dollar olişi mumkin. Yaponiyada minimal iş haqi - soatiga 9 dollar.
Oliy ta'lim
Fevral oyida butun mamlakat böylab "Senta siken" - markazlaşgan bitiriş imtihoni bölib ötadi. U biryöla bir neça fandan ötkaziladi: ingliz tili, yapon tili, matematika, ijtimoiy fanlar. Universitetlarga kiriş imtihonlari yanvar va mart oylarida bölib ötadi. Davlat oliy ta'lim muassasalari öquvçi maktabdagi ta'limi davomida töplagan qöşimça ballarni hisoblaydi: olimpiadalardagi ğalabalar, bir neça tilni bilişi, qöşimça kurslar sertifikatlari. Xususiy universitetlar uçun içki testlar muhimroq.
Yaponiyaning eng nufuzli davlat universitetlari — Kioto va Tokio universitetlari. Xususiylardan — Keyo, Vaseda va iyezuitlar tomonidan asos solingan Oliy Sofiya donişmandligi universiteti. Tanlov bir öringa 10 kişini taşkil qiladi.
Bakalavr bosqiçida ta'lim oliş, universitet turiga qarab 7 000 dollardan boşlanadi, magistratura va doktoranturada - 7 000 dollardan 12 000 dollargaça. Eng qimmat ta'lim - Vaseda Universitetida tabiiy-ilmiy yoki texnologik fakultetda akademik yil (42 000 dollargaça).
Çet elliklar uçun bir neça stipendial dasturlar bor - Yaponiya hukumati stipendiyasi va Ta'lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vazirliklari stipendiyalari, lekini ular ta'lim va yaşaş xarajatlarini töliq qoplamaydi, bu oyiga taxminan 1200 dollarni taşkil qiladi.
Çet ellik talabalarga ta'lim davrida haftasiga 28 soatgaça işlaşga ruxsat beriladi. Oliy ta'lim tizimi standart: 4 yil - bakalavriat, 2 yil - magistratura va 3 yil - doktorantura.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti ma'lumotlariga köra, yapon abituriyentlarining bor-yöği 1 foizigina xorijda oliy ta'lim olişni tanlaydi. JASSO ma'lumotlariga köra, yapon talabalarining 80 foizi Amerika, Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya universitetlarini tanlaşadi. Bu ingliz tilidagi bilimlarini takomillaştiriş istagi bilan boğliq. Moskva - balet va figurali uçiş maktablari, AQŞ - texnologik ixtisosliklari, Yevropa (Italiya, Fransiya, Germaniya) esa - vino va qandolatçilik mahoratlari bilan jalb qiladi. Qolgan sohalarda yapon oliy ta'lim muassasasi diplomi xorijiy diplomdan afzal sanaladi.
Yaponiya OTMlariga faqat 18 yoşdan öqişga kiriş mumkin. Vunderkindlarga qiziqiş yöq. Hujjatlar faqat maktabdagi 12 yillik ta'limni tasdiqlovçi abituriyentlardan qabul qilinadi.
JASSO ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Yaponiyada 267 042 nafar çet ellik tahsil olgan. Ulardan 249 242 nafari - Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Vetnam)dan, Yevropadan esa - 8 669 kişi kelgan. Şulardan bor-yöği 3 220 nafarigina oliy ta'lim muassasalari talabalaridir.
Foto: REUTERS
Dmitriy Malyşev 2000 yilda Xitotsubasi Universiteti magistraturasini tugallayotganida Yaponiya OTMlarida 999 çet ellik talaba öqigan. Dmitriy seminarlardan katta taassurot olgan: "Ma'ruza tayyorlagan talaba uni qolganlar oldida taqdim etgan. Muhokamalar şu qadar qizğin tus olganki, köp holatlarda hatto yoqimsiz gaplarni eşitişga töğri kelgan".
2020 yilga borib Yaponiya hukumati ta'lim tizimi islohotini ötkaziş va oliy ta'limni ingliz tilini köproq örganişga yönaltirişni rejalaştirmoqda, bundan maqsad - xorijiy talabalarni jalb qiliş va inglizzabon mamlakatlar OTMlari bilan almaşuv dasturlarini rivojlantiriş.
Iş topiş
Talabalarning iş izlaş mavsumi bakalavriatning uçinçi kursida boşlanadi va mart oyidan avgustgaça davom etadi. Universitetdagi ta'limning oxirgi oyiga borib talabalar qayerda işlaşlari haqida aniq bilişadi.
Talaba işga qabul qilinayotganda unga faqat «naytey»rasmiy xati yöllanadi: "Kompaniyamiz sizning nomzodingizni körib çiqib, işga taklif qilişni joiz deb topdi. Işga kirişişga rozi yoki noroziligingiz haqida falonçi sanagaça xabar qiling".
"Işga qabul qilinayotganda OTM ahamiyatli, lekin suhbat çoğida diplomdan köra köproq insoniy fazilatlarga e'tibor qaratiladi. Işçi mehribon, yoqimtoy va gapga kiradigan bölişi muhim, - deya izohlaydi Natalya Berezovskaya. - Agar işga qabul qilinmagan bölsa, ehtimol, direktor boşqa toifadagi xodimni izlayotgan bölişi mumkin".
Yaponiyaning yirik kompaniyalari xorijiy mutaxassislarni işga taklif qiladi, ayniqsa, muhandislar va IT-mutaxassislar maşhur. Amazon'ning Yaponiyadagi bölimi, Indeed, NTT Data, Fujitsu, dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçilari, Toyota, Sony, Kubota, Komatsu korporatsiyalari işçilarni şartnoma asosida qabul qiladi. Tokioda tajribali muhandislarning iş haqi 5000-6000 dollardan boşlanadi, bemalol oila a'zolari bilan qulay şaroitda yaşaş mumkin. Taklifnoma asosida universitetlarga işlaşga keluvçi ilmiy xodimlarga ham yaxşi maoş tölanadi, assistent iş haqi - 4500-5000 dollar, professor maoşi esa - 22000 dollargaça.
Yangi xodimlar kompaniyalarda biznes-muloqot va iş etiketiga örgatiladi.
Biznesda "töğri yöl tutiş" tizimi yaponlar tomonidan önlab yillar davomida tuzilgan. Yangi xodimlar yozişmalar va oğzaki muloqotda qöllaşlari uçun biznes-şakllarni yod olişlariga töğri keladi.
"Mening fikrimça, har qanday faoliyat uçun mukammal qoida - odamlarning jamoaviy iş yuritişi va biror işdan bir-birini xabardor qilişi. Ha, buning öziga yaraşa salbiy tomoni bor, masalan, faol taşabbus bildiriş mumkin emas, barça qarorlarni guruhda qabul qiliş kerak", - deydi Natalya Berezovskaya.
"Kamtarga kamol" — Yaponiyada bu şunçaki maqol emas. Masalan, Yaponiyada sizning yapon tilida yaxşi gapirişingizni aytib maqtaşsa, bunga javoban "Bu mening "soyam" (menga yapon tilini örgatgan inson) şarofati bilan" deyiş kerak.
Yaponça işlaş
Yaponiya — mehnatkaş insonlar mamlakati. 2018 yilda işsizlik darajasi 3,2-3,3 foiz darajasida. Yaponlar işi bilan yonib yaşaydi — ularda biznes va hayot çambarças boğliq.
Soat 22:00-23:00 gaça işlaş - Yaponiyada odatdan taşqari emas, odatiy holat. Berezovskaya buni kiçik yoşligidanoq mehnatsevarlik va jaomaviylikka sodiqlik xislatlarini rivojlantiruvçi ta'lim tizimi bilan izohlaydi. Barça muhim boşqaruv qarorlari menejyerlar jamoasida qabul qilinadi.
"Yaponiyada öz kompaniyasini oçgan insonga juda katta hurmat bilan qaraşadi. U xodimlar uçun otasi kabidir, xodimlar kompaniya manfaati yölida hamma narsaga tayyor, çunki iş haqi şunga boğliq. Bu yerda hamma öz oldiga emas, hamma bir-biriga boğliq", - deydi u.
Yaponiyada biznesni yölga qöyiş
Qoidalar böyiça harakat qiliş va maşaqqatli mehnat yapon jamiyati tomonidan munosib mukofotlanadi. Jahon banki hisobotiga köra, Yaponiya şaxsiy biznes oçiş osonligi böyiça 34-örinda (1-örinda — Yangi Zelandiya). Hujjatlarni rasmiylaştirişga 12 kun ketadi va bu töqqiz bosqiçda amalga oşiriladi. Işbilarmonlar uçun axborot tizimi juda yaxşi yölga qöyilgan - mamlakatda 300 dan ortiq axborot bilan qöllab-quvvatlovçi maslahat markazlari faoliyat körsatadi. Barça zarur ma'lumotlar Yaponiya kiçik, örta biznes va innovatsiyalar taşkiloti ma'lumotlar bazasida bor.
Mamlakatdagi asosiy biznes - xizmat körsatiş sohasidagi kiçik va örta biznes. Yaponiya iqtisodiyot vazirligining Kiçik va örta işbilarmonlik agentligi hisobotiga köra, 2017 yilda mamlakatdagi kiçik va örta biznes uluşi 99,7 foizga yetdi. Aynan kiçik va örta biznes mamlakatdagi eng köp iş örinlarini ta'minlaydi, mehnatga layoqatli aholining taxminan 80 foizi şu sektorda band. Yirik kompaniyalar umumiy kompaniyalarning 0,3 foizini taşkil qiladi va asosan megapolislarda joylaşgan. Biznesning tan olingan poytaxtlari — Tokio va Osaka.
Foto: REUTERS
Yapon tili
Xorijliklar uçun Yaponiyada işlaş til maktabi orqali amalga oşadi. Ma'lumotlarga köra, yevropalik 9 yoşgaça yapon tilini örganişni boşlamagan bölsa, uni tölaligiça egallay olmaydi: 50 000 ga yaqin iyeroglif, yuqori va past usullar, öqişning bir neça varianti. Yapon alifbosi ("xirogan")da 46 asosiy belgi va 100 birikma mavjud. Yaponlarning barçasi ham öz tilini mukammal egallamagan, masalan, biolog fizikadagi iyerogliflar ma'nosini tuşunmaydi va aksinça. Boz ustiga, mamlakatning turli hududlarida talaffuz turliça.
Bazaviy yapon tilisiz çet elliklar biror universitet yo kompaniyaga işga qabul qilinmaydi. 2-darajadan kam bölmagan til imtihonini topşirganlik töğrisidagi sertifikat talab qilinadi. Hozir xorijliklar uçun eng maşhur darslik — «Minna no Nixongo», unda kompaniyalarda işlaş uçun zarur asosiy şakllar töplangan. Xususiy universitet qoşidagi til maktabi va kurslarda yillik ta'lim narxi - 6800 dollardan 8700 dollargaça.
Yapon tilida işonçli muloqot qiliş va yoziş uçun katta yoşli kişiga kamida 5 yil kerak böladi. Yaponiyada malaka oşirmay, yapon tilini örganiş qiyin. Qoidaga köra, masalan, boşqa mamlakatda yapon tilini örgangan talaba Tokioga kelganida dökondan sabzavotlarni xarid qilişning özidayoq kommunikatsion muammolar yuzaga keladi.
IT-texnologiyalar, arxitektura hamda yapon modellar sanoati yaponça gapirmaydigan xodimlarni qabul qiladi. Modellar bilan ingliz tilida sözlaşişadi, qulaylik uçun ularga yapon menejyeri biriktiriladi. Biroq yapon modalar sanoati gözallik standartlariga muvofiq keliş uçun model yaponlar tuşunçasidagi taşqi körinişga ega bölişi kerak.