Internet paydo bölişi bilan insoniyat hayoti boşqa bir maromga ega böldi. Internet odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi. Internetsiz OAV, davlat muassasalari, yirik kompaniyalar va oddiy fuqarolar faoliyatini tasavvur etiş muşkul. Biroq, internet tomonidan taqdim etilayotgan afzalliklarni tan olgan holda şuni unutmasligimiz lozimki, internet jinoyatçilar qölida  xavfli qurolga aylanişi mumkin. Bugungi kunda heç bir odam şaxsiy ma'lumotlarni öğirlanişi, moliyaviy firibgarlik va  hattoki, odam savdosi kabi jinoyat turlaridan butunlay suğurtalanmagan. Internet orqali odamlar terroristik va ektremistik guruhlarga jalb etilmoqdalar.

Internet jinoyatçilik - bu butun dunyo böylab millionlab odamlar hayotiga xavf solayotgan global muammodir. Mazkur muammoga yeçim topiş uçun turli davlat organlari, jumladan, Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, nodavlat taşkilotlar, şuningdek uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlarining kelişilgan harakatlarini talab qiladi. Şu bilan birga, onlayn-jinoyatçilikning oldini oliş va aholining huquqiy ongini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratiş lozim.

Joriy yilning 28 noyabr kuni Jizzax şahrida “Sen tarmoqdasan” loyihasi sinov tarzida iş boşladi. Mazkur loyiha Ucell kompaniyasi tomonidan “Istiqbolli Avlod” Respublika ijtimoiy axborot markazi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Loyihaning maqsadi – bir qator master klasslar va axborot sessiyalar yordamida har bir internet foydalanuvçilarining xavf-xatarga duçor bölişi haqida jamoatçilikni xabardor qilişdan iboratdir.

"Bugungi kunda internetning turli xil aloqa kanallari orqali internetga qaramlik, axborot xavfsizligi va yolğonçilik muammosi öta dolzarb bölib qolmoqda. Uşbu loyiha yordamida biz mazkur masalalar böyiça jamoatçilikning xabardorligini oşirişni rejalaştirmoqdamiz ", - dedi Ucell korporativ aloqa böyiça mutaxassisi Tamila Kurmakayeva iştirokçilarni qutlar ekan. "Umid qilamizki, aqlli kommunikatsiya va axborot xavfsizligi masalalaridagi xabardorlik ösib boradi va bu har qanday muloqot turlarida -  xoh onlayn, xoh oflayn bölsin, xabardor bölişga yordam beradi ", - deya qöşimça qildi u.

Jizzax şahridagi master klassning birinçi sessiyasida “Istiqbolli Avlod”  vakillari bugungi kundagi mavjud tahdidlar va ularga qarşi kuraşiş usullari haqida söz yuritdilar.