Tereza Mey Brexit’dan voz kechishi mumkin
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, qonunchilarda mamlakatning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha kelishuvga oid uchta variant bor - avval erishilgan kelishuvni tasdiqlash, YeI tarkibidan kelishuvsiz chiqish yoki Brexit’dan voz kechish, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Uchta variant bor: birinchisi, Yevropa ittifoqini kelishuv bilan tark etish, boshqa ikkitasi - uni kelishuvsiz tark etish yoki chiqishdan butunlay bosh tortish», - dedi Mey.
Shuningdek, u Yevropa ittifoqidan chiqish to‘g‘risidagi kelishuvdan voz kechilgan taqdirda, zaxira rejasi qanday ekaniga doir savolga javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey Brexit mashmashasi tufayli nimaga duch kelishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021
Britaniyada davlat xizmatchilariga “Brexit” so‘zini qo‘llamaslik tavsiya qilindi
23:42 / 09.07.2021