Ukraina Qora va Azov dengizlari sohili mudofaasini kuçaytirişi rejalaştirilgan yangi qanotli raketalar sinovini ötkazdi, deb ma'lum qildi mamlakat milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi rahbari Aleksandr Turçinov.

Turçinovning sözlariga köra, sinovlar muvaffaqiyatli ötgan. Uning qayd etişiça, raketalar 280 kilometr masofadagi nişonni yöq qila oladi.

Sinovdan ötkazilgan majmualar Qora dengiz va Azov dengizi sohillari mudofaasini sezilarli darajada kuçaytiradi, deb qöşib qöydi u.

Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Kerç böğozidagi voqeadan söng mamlakat Ğarbdan aniq harakatlarni kutayotganligini aytgandi.