1987 yili Ruminiyaning «Dinamo Buxarest» klubi hujumçisi Rodion Kemetaru Yevropa çempionatlari töpurariga topşiriladigan «Oltin butsa» sovrinini qölga kiritdi. Futbolçi mavsum davomida 44ta gol urib, avstriyalik Toni Polsterni ortda qoldirişga muvaffaq böldi.

Biroq keyinçalik, futbolçi bu yutuqqa qalloblik orqali erişgani ma'lum böldi.
1987 yili Rodion Kemetaru mavsumni kamtarona ötkazayotgan edi. Ruminiya çempionatining yakuniga 10 tur qolganida futbolçi nafaqat Yevropaning, balki mamlakatning töpurarlari röyxatida ham yöq edi. Ammo, mavsumning yakuni fantastik tarzda keçdi va Kemetaru 6ta öyinda 20ta gol urdi!
Ruminiya çempionati boşqa turnirlardan keçroq yakunlanişi sababli, «Dinamo» boş murabbiyi Mirça Luçesku va jamoa Kemetaru Yevropaning eng zör töpurari bölişi uçun neçta gol urişi kerakligini bilişardi. Ular bu imkoniyatdan «unumli» foydalanib qolişdi.

Öşa paytda «Otselul» klubini boşqargan Ioan Zdrobiş yaqinda Ruminiya televideniyesidagi körsatuvda barça qalloblikni Mirça Luçesku uyuştirganini aytdi.
«Öyinda hisob 3:3 böldi va Kemetaru 3ta gol urdi. Bu har ikkala jamoaning kelişuvi edi. Kemi gol urişi kerak edi va bu yuz berdi. Bunda men ham iştirok etganman, afsuski, bu taklifga rad javobini berolmasdim. Mirça va raqiblarning 4-5 nafar futbolçisi kiyiniş xonamizga kirdi. Biz nima qilişimiz kerakligini kelişib oldik», - dedi Zdrobiş.
France Football tomonidan sovrinni topşiriş marosimida mojaro yuz berdi. Yevropa çempionatlarining ikkinçi töpurari, «Austriya» hujumçisi, avstriyalik Toni Polster «Kumuş butsa»ni olişdan boş tortdi. U Kemetaru gollari atayin uyuştirilgani haqida bayonot berdi. Rodion sönggi 3 turda 15ta gol urib, Polsterdan özib ketgan edi.
Keyinçalik France Football tomonidan ötkazilgan suriştiruvda, bu öyinlarning kelişilgani isbotlandi. Ruminiyalik futbolçi esa mukofotdan mahrum qilindi. «Oltin butsa» Toni Polsterga topşirildi.

Qiziği şundaki, bu voqea heç kim uçun saboq bölmadi. Keyingi yillarda şunga öxşaş voqealar takrorlandi. 1988 yili «Galatasaroy» hujumçisi Tanju Çöloq 39ta, 1989 yili «Dinamo Buxarest» hujumçisi Dorin Mateuts 43ta, 1990 yili Bolgariyaning TsSKA klubi hujumçisi Xristo Stoiçkov 38ta, 1991 yili «Tsrvena Zvezda» hujumçisi Darko Pançev 34ta gol urib, «Oltin butsa» sohibi bölişdi.

















