Slovakiya 2019 yilda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotiga raislik qiladigan böldi. 

YeXHT taşqi işlar vazirlarining Milandagi yiğilişida Slovakiya taşkilotda 2018 yilda raislik qilgan Italiyadan estafetani qabul qilib oldi. 

Italiya tomonidan marosimda taşqi işlar vaziri Entso Moavero-Milanezi, Slovakiyadan esa uning hamkasbi Miroslav Layçak iştirok etgan.

Taşkilotga a'zo 57 davlat taşqi işlar vazirlarining keyingi uçrşuvi 2019 yil dekabrda Bratislavada bölib ötadi.  

Har yili YeXHTga a'zo davlatlardan biri taşkilotda raislik qiladi. Şu davlat taşqi işlar vaziri taşkilotning raisi sifatida faoliyat yuritadi.