«Mançester Siti» jamoasi boş murabbiyi Pep Gvardiola APLning 16-turida «Çelsi»ga qarşi öyindagi mağlubiyatdan (0:2) keyin jamoasini maqtadi.

– «Man Siti» uçun omadsiz kun.

– Siz yutqazganimizni nazarda tutayotgan bölsangiz kerak. Ammo siz öyinni körmagan körinasiz. «Çelsi» – yaxşi jamoa, ularda yaxşi futbolçilar jamlanişgan. Ammo birinçi bölimda biz aql bovar qilmas darajada öyin körsatdik.

Umuman bu keça biz fantastik edik. Men heç narsaga afsuslanmayman. Biz ham ğalaba uçun öynadik.

Vaziyatlar yaratdik. Ularda birinçi bölimda faqat bitta vaziyat böldi, 44-daqiqada ularning hujumini ötkazib yubordik.

Biz yaxşiroq öynadik, vaziyatlar yaratdik, «Çelsi» öz öyinini körsata olmadi. Ular odatdagi kabi töpga egalik qila olişmadi.

Lekin ular katta tajribaga ega, yarimta vaziyatdan ham foydalana olişadi. Haqiqatga tik boqiş kerak.

Biz hamişa ğalabalardan ham, mağlubiyatlardan ham saboq olamiz, – degan Gvardiola.