Tel-Avivdagi "Gesher" teatrida qöyiladigan "Lolita/Janna d'Ark" spektaklida boş rolni Moskvada tayyorlangan robot ijro etadi.

Foto : Gesher Theatre

"Rejissyor Iyexezkel Lazarov bu robotni turli davlatlarda işlab çiqarilgan robotlar namunalari orasidan tanlab olgan. U işlab çiqaruvçi bilan boğlandi va kompaniya uning buyurtmasiga köra maxsus robot-qizni tayyorlab berdi", - dedi spektaklda boş rollardan birini ijro etuvçi aktyor Aleksandr Demidov.

Foto: Isaiah Fainberg

Robot-akyotrga özi mustaqil harakatlanuvçi va muloqotga kirişuvçi KIKI deb atalgan robot-promouter prototip bölgan. Uning böyi 160 santimetr, oğirligi 80 kilogramm bölib, bir marta quvvvatlanib 8 soatgaça işlay oladi. KIKI "Olimpiyskiy"dagi konsert tadbirida boşlovçilik qilgan va "Krokus-Ekspo" körgazma zalida yölboşlovçilik vazifasini bajargan.

Aktyorning aytişiça, robot gapirişi kerak bölgan spektakl matni Moskvada yozilgan. Isroilda esa unga pesa davomida qanday harakatlaniş örgatilgan.