Qirğiziston boş vazirining sobiq örinbosari Duyşenbek Zilaliyev noqonuniy ravişda boyişda gumonlanib qölga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» respublika Milliy xavfsizlik böyiça davlat qömitasi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, Zilaliyev mol-mulki haqidagi deklaratsiyalar tekşiruvdan ötkazilganidan keyin qölga olingan.
«Aniqlanişiça, [gumonlanuvçida] kelib çiqiş şubhali va aniqlanmagan, yirik pul mablağlari körinişidagi aktivlar hamda mulklar bor. Ular uning rasmiy daromadlaridan sezilarli darajada köp», - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston prezidenti poraxörlar omma oldida şarmanda qilinişi kerakligini aytgandi.











