Vazirlar Mahkamasining «2018–2022 yillarda Özbekiston Respublikasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.
Hukumat qarorida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş va zamonaviy yöl infratuzilmasini taşkil etiş sohasida davlat-xususiy şeriklikni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom tasdiqlanmoqda.
Şuningdek, davlat-xususiy şeriklik quyidagi şartlarda amalga oşirilişi belgilanmoqda:
- yöl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalaşgan tizimlarini joriy etiş uçun beriladigan yöl uçastkalari Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan belgilanadi;
- yöl harakati monitoringi va intellektual videokameralar tizimi «Xavfsiz şahar» yagona apparat-dasturiy kompleksga integratsiya qilinişi va Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining «Ma'muriy amaliyot» kompleks avtomatlaştirilgan axborot tizimiga ulangan bölişi, şuningdek, huquqbuzarlik holatlari haqidagi videoma'lumotlar va boşqa ma'lumotlar onlayn rejimida uzatilişini ta'minlaşi kerak;
- pullik avtomobil töxtaş joylari va pullik avtomobil saqlaş joylaridan foydalanişdan tuşadigan mablağlarning 30 foizdan ortiq bölmagan qismi — mahalliy byudjyetga tuşadi va u maqsadli ravişda yöl infratuzilmasini rivojlantirişga yönaltiriladi hamda kamida 70 foizi tutaş hududning avtomototransport vositalari bilan tölişi hamda tölov avtomatlari va axborot tizimlari örnatilgan avtomobil töxtaş joylarining funksional imkoniyatlari hisobga olingan holda xususiy şerikning hisob raqamiga tuşadi.
Şuningdek, örnatilgan intellektual videokameralar yordamida aniqlangan yöl harakati qoidalari buzilgani uçun jarimalar summasining kamida 20 foizi — Özbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga ötkaziladi, 20 foizi — yöl infratuzilmasini rivojlantirişga maqsadli yönaltirilgan holda mahalliy byudjyetga tuşadi, 30 foizi – Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining byudjyetdan taşqari jamğarmasiga, yöl harakati intensivligi va intellektual kameralarning imkoniyatlari hisobga olingan holda 30 foizdan ortiq bölmagan qismi — xususiy şerikning hisob raqamiga ötkaziladi.











