Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvçi kiçik Islom Karimovning Instagram’dagi sahifasida yozişiça, onasi Gulnora Karimova jamoatçilik işlarida iştirok etişga qaytiş niyatida.
«Mamlakatimiz taraqqiyoti va muvaffaqiyatlari Vatanimiz fuqarolarining qalbida. Sönggi yillarda davlatimizning yangi yölida kelgusidagi rivojlanişga umid bergan katta sa'y-harakatlar amalga oşirildi», - dedi u.
Umuman olganda, kiçik Islom Karimovning ma'lum qilişiça, onasi Özbekiston uçun, xususan, madaniyat, moda, soğliqni saqlaş va ta'lim sohalarida köplab foydali iş qildi. Uning ta'kidlaşiça, Gulnora Karimova yana mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida iştirok etişga tayyor.
Ötgan yilning yozida Özbekiston Boş prokuraturasi Gulnora Karimova işining ba'zi jihatlarini oçiqlagan edi. Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Şuningdek, Buyuk Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning qirollik hududidagi köçmas mulk obektlari va boşqa aktivlarini xatlaşni rejalaştirayotgani haqida xabarlar ham tarqalgandi.
«Boşqarma 2002 yili joriy etilgan qonunga muvofiq obektlarni fuqarolik tartibida musodara qiliş haqida sud da'vosi bilan murojaat qildi. Da'vo bir neça aktivlarga, şu jumladan, Özbekistonda Gulnora Karimova va Rustam Madumarov iştirokidagi korrupsiyaviy bitimlardan olingan daromadlardan foydalanib sotib olingani taxmin qilinadigan uçta köçmas mulk obektiga taalluqlidir», - deyilgan Britaniyadagi Öta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarşi kuraşiş byurosi (Serious Fraud Office) xabarida.
Boş prokuratura Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegişli köçmas mulk xatlov qilinişi böyiça sud jarayoni haqida izoh berdi.
«Bu masalaga keladigan bölsak, biz qator xorijiy davlatlardagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilmoqdamiz, jumladan, Şveytsariya prokuraturasi bilan qalin aloqalar yölga qöyilgan. Britaniya tomoni böyiça masalaga kelsak, ayni damda Britaniya huquqni muhofaza qiliş tuzilmalari bilan Gulnora Karimova işi böyiça qonuniy kuçga kirgan sud qarori doirasida aktivlarni qaytarişga doir muzokaralar olib borilmoqda», - deya aytib ötdi Boş prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova.








