Buyuk Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning qirollik hududidagi köçmas mulk obektlari va boşqa aktivlarini xatlaşni rejalaştirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegişli köçmas mulk xatlov qilinişi böyiça sud jarayoni haqida Boş prokuratura matbuot xizmatidan izoh söradi.
«Bu masalaga keladigan bölsak, biz qator xorijiy davlatlardagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilmoqdamiz, jumladan, Şveytsariya prokuraturasi bilan qalin aloqalar yölga qöyilgan.
Britaniya tomoni böyiça masalaga kelsak, ayni damda Britaniya huquqni muhofaza qiliş tuzilmalari bilan Gulnora Karimova işi böyiça qonuniy kuçga kirgan sud qarori doirasida aktivlarni qaytarişga doir muzokaralar olib borilmoqda», - deya aytib ötdi Boş prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova.
Avvalroq, Britaniyadagi Öta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarşi kuraşiş byurosi 2002 yili joriy etilgan qonunga muvofiq obektlarni fuqarolik tartibida musodara qiliş haqida sud da'vosi bilan murojaat qilingani haqida xabar tarqatgandi.
Da'vo bir neça aktivlarga, şu jumladan, Özbekistonda Gulnora Karimova va Rustam Madumarov iştirokidagi korrupsiyaviy bitimlardan olingan daromadlardan foydalanib sotib olingani taxmin qilinadigan uçta köçmas mulk obektiga taalluqli ekani aytiladi.
Eslatib ötamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toşkentdan Londonga uçib ketgani xabar qilingandi.
Şundan söng Gulnora Karimova 2 oktabr kuni Dubayga uçib borgani haqida xabar tarqaldi. Boş prokuratura bu xabarni inkor etib, Imon Karimova Özbekistonni heç qanday tösqinliksiz tark etgani, Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo ötaşni davom etayotgani haqida ma'lum qildi.
Ötgan yilning yozida Özbekiston Boş prokuraturasi Gulnora Karimova işining ba'zi jihatlarini oçiqlagan edi. Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.








