Rossiyalik milliarder va senator Suleyman Kerimov foydalanib kelgan navbatdagi samolyot sotuvga qöyildi. Bu haqda forbes xabar bermoqda.
Xabarda aytilişiça, sotuvga qöyilgan Bombardier Global Express XRS samolyoti 2006 yilda işlab çiqarilgan. Samolyot Bermud orollarida röyxatga olingan bölib, Nyu-Jyersi (AQŞ)da turadi va 21,95 mln dollarga sotuvga qöyilgan.
Bu Kerimovga tegişli yagona samolyot emas. Ötgan yil oxirida Malmberg Aviaton aviabrokeri saytida milliarderga qaraşli Boeing BBJ2 avialayneri sotuvga qöyilgandi.
Ta'kidlanişiça, Kerimovning samolyotlarini sotişiga AQŞ moliya vazirligi tomonidan 2018 yil aprelda unga qarşi joriy etilgan sanksiyalar sabab bölgan.
Şuningdek, sanksiyalarga tuşgan UC Rusal rahbari Oleg Deripaska uçta Gulfstream G550 samolyotidan voz keçişga majbur bölgan, samolyotlar 30 mln dollardan sotuvga qöyilgan. Volga Group egasi Gennadiy Timçenko ham sanksiyalar sababli qiyin ahvolda qolgan. Gulfstream kompaniyasi şartnomaviy majburiyatlarni bajarmay qöyganligi uçun u Gulfstream G650 samolyotidan foydalana olmayapti.












