AQŞ Özbekistonni «diniy erkinliklarning jiddiy buzilişlari»ga yöl qöyayotgan yoki bunday holatga beparvo qarayotgan hukumatlar uçun maxsus kuzatuv röyxatiga kiritdi. Bu haqda Qöşma Ştatlar davlat kotibi Mayk Pompeoning bayonotida aytilgan.

Uning sözlariga köra, tegişli qaror 28 noyabrda qabul qilingan. Şuningdek, röyxatdan Komor orollari va Rossiya ham joy oldi.

Xitoy, Eron, Şimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni va qator boşqa davlatlar diniy erkinliklarni buzayotganlar röyxatiga kiritilgan.

«Men Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Şimoliy Koreya, Pokiston, Sudan, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston AQŞning 1998 yildagi xalqaro diniy erkinliklar töğrisidagi qonuniga muvofiq jiddiy xavotirga sabab bölayotgan davlatlar, degan xulosaga keldim. Sababi ular diniy erkinliklarning muntazam, uzoq muddatli va jiddiy buzilişlarida iştirok etmoqda», - deya ma'lum qildi Pompeo.

Dunyodagi köplab joylarda odamlar öz e'tiqodlari asosida yaşayotganliklari uçun tahdidlar, hibsga olişlar va hatto, ölimga duç kelişmoqda, degan davlat kotibi. «Amerika Qöşma Ştatlari bunday zulmga beparvo qaramaydi», - deya ma'lum qildi Pompeo.

Eslatib ötamiz, 17-19 sentabr kunlari AQŞ Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari böyiça elçisi Sem Braunbek rahbarligidagi delegatsiya Özbekistonga kelgandi.

Özbekiston bundan avval mazkur röyxatda «diniy erkinliklarning tizimli, davomiy va jiddiy ravişda buzilişi»da iştirok etib kelayotgan mamlakat sifatida qayd etilar edi.