Qaşqadaryo viloyatida maktab direktori pora bilan qölga olindi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, joriy yilning 11 dekabr kuni Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi tergov guruhi tomonidan Çiroqçi tumani 168-sonli umumiy örta ta'lim maktabi direktori vazifasini bajaruvçi H.E. (1990 yilda tuğilgan) fuqaro M.R.dan (ayol) maktab direktori örinbosari lavozimiga tayinlaşni va'da qilib, 400 AQŞ dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda uşlangan.
Bildirilişiça, hozirgi vaqtda tergov işlari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) hamda 28-211-moddasining 1-qismi (pora berişga suiqasd) böyiça qözğatilgan jinoyat işi doirasida olib borilmoqda.












