AQŞning Time naşri tahririyati bir guruh jurnalistlar, jumladan Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligida öldirilgan jurnalist Jamol Qoşiqçiga hamda Capital Gazette naşri ofisidagi otişmada halok bölganlarga 2018 yilning «Yil odami» unvonini berdi.

Qoşiqçidan taşqari, Reuters axborot agentligining Myanmada davlat siri haqidagi qonunni buzganlik uçun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan jurnalistlari Va Lone va Kyau So Oo, Filippinning muxolif sayti Rappler muharriri Mariya Ressa hamda AQŞning The Capital Gazette naşrining otişmada halok bölgan xodimlari jurnal tomonidan «Yil odami» sifatida e'tirof etildi.

Jurnal «Yil odami» unvonini ilk bor vafot etgan kişilarga berdi.
«Yil odami» unvonini olişga asosiy da'vogarlar orasida Rossiya, AQŞ va Janubiy Koreya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Mun Je In, Rossiyaning AQŞdagi saylovlarga aralaşuvini tergov qilayotgan maxsus prokuror Robert Myuller va yana boşqalar bor edi.
28 iyunda AQŞning Annapolis şahrida (Merilend ştati) mamlakatda uzoq yillardan beri çop etiluvçi gazetalardan biri Capital Gazette boş ofisi hududida otişma sodir etilişi oqibatida 5 kişi halok bölgandi, yana bir neça kişi jarohat olgandi.
Jamol Qoşiqçi 2 oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligida öldirilgandi.
2017 yilda Time jurnali jinsiy tegajoğliklar haqida birinçi bölib sözlagan ayollarni (Silence Breakers) “yil odami” sifatida e'tirof etgandi.
















