Klinton Jyeyms Patterson bilan hammualliflikda “Prezident qizi” (The President's Daughter) deb atalgan detektiv roman yozadi. Bu haqda Publishers Weekly naşri xabar berdi. 

Kitobdagi voqealar prezident qizining öğirlanişi bilan boğliq böladi. Roman 2021 yil iyunda naşr etilişi rejalaştirilmoqda. U bir vaqtning özida ham kitob şaklida, ham audio va elektron şaklda naşr etiladi.

73 yoşli Klinton va yozuvçi Pattersonning birgalikda yozgan ilk romani “Prezident ğoyib böldi” (The President is Missing) 2018 yilda Alfred A. Knopf va Hachette naşriyotida çop etilgan va butun dunyo böylab 3,2 mln donadan köproq sotilgan. Ularning yangi romani ham aynan şu naşriyotda çop etiladi.

“Birinçi kitobimiz katta qiziqiş bilan qabul qilinganini köriş yoqimli bölgandi va men “Prezident qizi” kitobxonlar qöliga tuşişini juda istayman – ular afsus qilmaydilar”, deb ta'kidlab ötgan Jyeyms Patterson.

AQŞning 42-prezidenti Bill Klinton iste'foga ketgaç, bir neçta ilmiy-ommabop va xotira asarlari hamda bir dona badiiy asar yozgan. Uning ilk kitobi - “Mening hayotim” deb nomlangan avtobiografiya va birinçi badiiy romani - “Prezident ğoyib böldi” asari betsellerlarga aylangan.

Yozuvçi Jyeyms Patterson detektiv va triller janrida 130dan köproq asar yozgan. Uning birinçi romani “Örgimçak keldi” (Along Came a Spider) deb atalib, 1993 yil yanvarda naşr etilgan va sud psixologi haqidagi asarlar seriyasini boşlab bergan. Patterson dunyodagi eng katta haq oluvçi yozuvçilardan biri hisoblanadi. U 2019 yilda 70 mln dollar işlab topgan.