2012 yilda Jahon Bankining Doing Business reytingida Özbekiston 166-örinni egallagan bölsa, ayni vaqtga kelib körsatkiç 76-poğonani taşkil etmoqda va bu mamlakatda investitsion muhit yaxşilanganidan darak beradi. Bu haqda Investitsiyalar böyiça Davlat qömitasi boşqarma boşliği Oybek Hamroyev fikr bildirmoqda.
Qömita tomonidan 2018 yil yakunlari böyiça taşkil etilgan press-brifingda Özbekistondagi investitsion muhit va sohaga oid boşqa muhim yangiliklar taqdim etildi. Hamroyev öz nutqida, şuningdek, xorijiy investorlarni jalb etiş va ularning faoliyatini soddalaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan harakatlar va kelgusi rejalarni bayon etdi.
Unga köra, xorijiy investorga quyidagi şaroitlar yaratib berilgani aytilgan:
çet el investitsiyasi asosida taşkil etilgan korxona iştirokçilaridan biri, albatta, yuridik şaxs bölişi şart, degan talab olib taşlandi (jismoniy şaxs ham bölişi mumkin);
çet el investitsiyasi kiritilgan korxonaning ustav fondida çet el investitsiyasining uluşi 30 foizdan 15 foizga tuşirildi;
xorijiy investor taşkil qilgan korxona ustav fondining minimal miqdori 600 mln.dan 400 mln.gaça pasaytirildi;
taşkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondida kamida 400 mln. bölişi kerakligi belgilandi. Ilgari bu raqam 1 mlrd.600 mln.söm edi;
çet el fuqarolari EKIHning 8500 baravaridan kam bölmagan miqdorda (1.5 mlrd. sömdan ortiq) investitsiya kiritsa, ularga amal qiliş muddatini çeklanmagan miqdorda uzaytiriş imkoniyati bilan 3 yilgaça (avval 1 yilgaça edi) köp martalik vizalar beriladi;
iqtisodiyotning rivojlanişiga hissa qöşgan investorlarga «faxriy fuqaro» unvoni beriladi.
Tadbir davomida spikerlar Investitsiya qömitasi tomonidan investorlarga beriladigan litsenziya, akkreditatsiya tartibi soddalaştirilişi, ma'muriy tösiq böluvçi hujjatlarni bekor qiliş, yer uçastkalarini ijaraga beriş tartibi böyiça ham tizimli çora-tadbirlar qilinayotgani haqida aytib ötildi.









