Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida Yakkabog‘ tumanida "Sag agro Yakkabog’ " mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yonğoqzor va bodomzorni borib kördi. 

«Bu boğlar davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyidagi Qaşqadaryoga taşrifi davomida bergan topşiriqlari asosida taşkil etildi. Prezidentimizning 2017 yil 1 iyundagi «Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasini tuziş va uning faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori buning uçun qulay şaroit yaratdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bugungi kunda 700 gektar maydonda yonğoqning «Chendler», «Cisco» va bodomning «Avijor», «Guara» navli köçatlari ötqazilgan. Kelgusi yil yana 440 gektarga köçatlar ekiladi.

Yonğoqlar 4 yilda, bodomlar 3 yilda hosilga kiradi. Şundan söng yiliga 7 ming tonnaga yaqin mahsulot oliş mumkin böladi. Mahsulotlarning 60 foizini eksportga çiqariş rejalaştirgan. 

«Qaşqadaryoda qişloq xöjaligi böyiça katta salohiyat bor. Yakkaboğda ham hosildor yerlar, dehqonçilikni yaxşi biladigan odamlar köp. Bundan töğri foydalanib, boğdorçilikni rivojlantiriş, aholini ham oziq-ovqat bilan, ham iş bilan ta'minlaş mumkin», - degan Şavkat Mirziyoyev.

Şu bois köçatxonalar taşkil etib, aholi tomorqalari uçun mevali daraxtlar yetkazib beriş zarurligi ta'kidlandi. Yonğoq, bodom va boşqa bozorbop mevalar yetiştirişni köpaytiriş, agronomlarni zamonaviy agrotexnik tadbirlar böyiça öqitiş uçun tayyorlov kurslari taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi. 

Prezident boğga yonğoq köçati ötqazdi. 

Şu yerning özida Qaşqadaryo tumanlaridagi zaxira yer maydonlarida pista, aççiq bodom, yonğoq va çakanda plantatsiyalarini taşkil etiş, Qamaşi davlat örmon xöjaligida kurkaçilikni rivojlantirişga oid loyihalar taqdimoti ötkazildi. Viloyatda baliqçilik, parrandaçilik, çorvaçilik, qorakölçilik böyiça amalga oşiriladigan işlar haqida ma'lumot berildi.