Kun.uz saytida mamlakatimizdagi ta'lim tizimidagi muammolar atrofliça örganilib, muntazam yoritib kelinadi. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida bu kabi murojaatlar yanada köpayadi.

Tahririyatga Samarqand şahridagi 17-umumiy örta ta'lim maktabidagi muammolar yuzasidan kelib tuşgan murojaat ham aynan şu mavzuda.

«Farzandim Samarqand şahridagi 17-umumiy örta ta'lim maktabida tahsil oladi. Maktab açinarli ahvolda. Hojatxona va oşxonaga qarab bölmaydi. Sinfxonalar sovuq, isitiş tizimi işlamaydi. Maktabni tozalaydigan farroşlar uçun ham öquvçilarning ota-onalaridan pul yiğiladi. Sinfxonalar pollarini böyaş uçun ham pul yiğib olişdi. Hamma muammolar ota-onalar hisobidan hal qilinyapti», – deyiladi murojaatda.

Murojaat joyida örganildi.

Ma'lum bölişiça, uşbu maktabda ayni vaqtda 2700 nafardan ziyod öquvçi ta'lim olib kelmoqda. Maktabga sobiq Samarqand qişloq xöjalik instituti (ayni vaqtda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti) qoşidagi 2-sonli akademik litseyi tugatilib, binosi 2018 yil avgust oyida maktabga vaqtinçalik foydalaniş uçun berilgan. Uşbu litsey binosida joriy yilgi öquv yilida maktab filiali faoliyati yölga qöyilgan.

Maktab siğimi filiali bilan birgalikda hisoblaganda 900 nafardan ziyod öquvçi örnini taşkil qiladi. Ammo hozirda maktabda yuqorida aytilganidek, 2700 nafardan ziyod, ya'ni möljallanganidan 3 barobar köp öquvçi ta'lim olmoqda. Darslar ikki navbatda taşkil etilgan. Maktabning asosiy binosida 2 500 nafarga yaqin, filialida esa 300 nafardan ziyod öquvçi ta'lim olib kelmoqda.

«Bildirilgan e'tirozlar maktabimizning asosiy binosidagi holatlar böyiça emas, balki maktabimiz filialidagi kamçiliklar yuzasidandir. Litsey binosi joriy yilning avgust oyida maktabimizga vaqtinçalik foydalanişga berildi. U yerda boşlanğiç sinflar uçun filial taşkil etilgan. U yerda 11ta boşlanğiç sinf öquvçilari ta'lim olmoqda. Bino maktabga vaqtinçalik foydalanişga berilganda juda abgor holatda edi. Öquv jarayoniga bosqima-bosqiç moslaştiryapmiz. Qisqa muddatda barça muammolarni hal qiliş imkonsiz», – deydi maktab direktori Dilfuza Husanova.

Maktabning asosiy va filial binolarini öquv işlari böyiça maktab direktori örinbosari Orif Murodov bilan birga közdan keçirdik.