Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön yettinçi yalpi majlisida senatorlar 70 ovoz bilan «Xalqaro migratsiya taşkiloti Konstitutsiyasini (Bryussel, 1953 yil 19 oktabr) ratifikatsiya qiliş haqida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinişini ma'qulladi.
Ma'lumot uçun, Xalqaro migratsiya taşkiloti 1951 yilda taşkil topgan. Boş qarorgohi Jyenevada joylaşgan. Bugungi kunga qadar taşkilotga 172 mamlakat a'zo bölgan. Taşkilotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Jalb etilgan barça tomonlar manfaatlari inobatga olingan holda migratsiyani boşqariş;
- Mamlakatlar hukumati bilan hamkorlik, özi uçun migratsiyani yagona yöl deya tanlagan insonlar manfaatining himoyasi;
- Odam savdosi («trafik») bilan kuraş va uning oldini oliş;
Eslatib ötamiz, şu yilning 24 yanvarida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Haitov Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy katta maslahatçisi M.Profazi, XMTning Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy koordinatori Deyan Keseroviç va taşkilotning Özbekiston bilan aloqalar böyiça xodimi S.Toşboyevdan iborat delegatsiyani qabul qilgandi. Uçraşuvda Özbekistonning XMTga a'zo bölişi hamda ikki tomonlama hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantiriş yöllarini muhokama qilingandi












