Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarşi şahrida bölib ötgan yiğilişda Qaşqadaryo iqtisodiyotini tarkibiy özgartiriş, odamlarni iş bilan ta'minlaş yöllarini körsatib ötdi.

Prezident viloyatning Şahrisabz va Yakkaboğ tumanlarida paxta yetiştiriş bosqiçma-bosqiç tugatilişi haqida ma'lum qildi.

«Şahrisabzda 6ta kollej bor. Kimga kerak bu kollejlar. Bu kollejlarni bitirganlarni kim iş bilan ta'minlaydi?

Şahrisabz şahrida Toşkent Kimyo-texnologiya institutining oziq-ovqat böyiça filialini oçamiz.

Kitob, Şahrisabz va Yakkaboğda katta qöşma korxonalar qurmoqçimiz. Bu yerda paxtani tugatamiz. Menga Şahrisabzning paxtasi kerak emas. Bu yerda qayta işlab çiqarişni yölga qöyamiz. Buning uçun mutaxassislar kerak. Hammani Toşkentga olib borib öqita olmaymiz. Şu yerda tayyorlaymiz mutaxassislarni», deya prezidentning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Prezident şuningdek, Şahrisabzda Toşkent Pedagogika universiteti hamda Toşkent Irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti filiali oçilişini ma'lum qilgan.

«Yerlarning ahvoli yomon. Qaşqadaryoga muhandislar kerak, yer tuzilişi böyiça ham, gidrotexnika böyiça ham kerak, institutning barça sohalari böyiça mutaxassislar kerak», degan prezident.